«miting» tegli maqolalar


Tojikistonning Xorug‘ viloyatida namoyishchilar hokimning iste’fosini talab qilmoqda
16 may 2022, 22:24

Tojikistonning Xorug‘ viloyatida namoyishchilar hokimning iste’fosini talab qilmoqda

Tojikistonning Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatida namoyishchilar viloyat rahbari va Xorug‘ hokimining iste’fosini talab qilishdi. Prokuratura mitingni mamlakat xavfsizligiga putur yetkazish maqsadida o‘tkazilgan «noqonuniy harakat» deb atadi.

Toqayev KXSHTga a’zo davlatlar rahbarlaridan «terrorchilik tahdidini» bartaraf etishda yordam so‘radi
6 yanvar 2022, 02:25

Toqayev KXSHTga a’zo davlatlar rahbarlaridan «terrorchilik tahdidini» bartaraf etishda yordam so‘radi

Qozog‘iston prezidenti mamlakatdagi tartibsizliklarni xalqaro terroristik agressiv harakat deb atadi va KXSHTga a’zo davlatlar rahbarlaridan yordam so‘radi. U aksilterror operatsiya boshlanganini ma’lum qildi va Olmaotada aeroport qo‘lga olinganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar yaqinida Mudofaa vazirligining havo-desant bo‘linmalari bilan jang ketmoqda.

Olmaota va Mangistauda favqulodda holat joriy qilindi
5 yanvar 2022, 03:11

Olmaota va Mangistauda favqulodda holat joriy qilindi

Qozog‘iston prezidenti mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari ortidan Olmaota shahri va Mangistau viloyatida ikki haftalik favqulodda holat joriy qildi.

«Hukumat qulamaydi. Bizga mojaro emas, muloqot kerak» — Qozog‘iston prezidenti
5 yanvar 2022, 01:09

«Hukumat qulamaydi. Bizga mojaro emas, muloqot kerak» — Qozog‘iston prezidenti

Qozog‘iston prezidenti vatandoshlariga yo‘llagan videomurojaatida namoyishlar ishtirokchilarini «aql bilan ish ko‘rishga, ichki va tashqi ig‘volarga berilmaslikka, mitingchilar va o‘zboshimchaliklar eyforiyasiga uchmaslikka» chaqirdi. «Hukumat qulamaydi. Biroq, bizga mojaro emas, o‘zaro ishonch va muloqot kerak», — dedi u.

Qozog‘istonda bir qator ijtimoiy tarmoqlar ochilmayapti
5 yanvar 2022, 00:12

Qozog‘istonda bir qator ijtimoiy tarmoqlar ochilmayapti

«Gazeta.uz» manbalari va Qozog‘istondagi OAVlar mamlakatda bir qator ijtimoiy tarmoqlar ochilmayotganini ma’lum qildi. Ayrim hududlarda esa norozilik namoyishlari davom etmoqda. Prezident Qasim-Jomart Toqayev namoyishchilardan «buzg‘unchi shaxslarning chaqiriqlariga ergashmaslikni» so‘radi va ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi talablarni ko‘rib chiqishga va’da berdi.

Qonliko‘lda bog‘cha opalar namoyish o‘tkazgani yuzasidan ma’lumot berildi
5 aprel 2021, 20:42

Qonliko‘lda bog‘cha opalar namoyish o‘tkazgani yuzasidan ma’lumot berildi

Uch yil davomida qariyb 400 mln so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Qonliko‘ldagi 1-DMTT direktori sud tomonidan lavozimiga qayta tiklangan. Bundan norozi bo‘lgan tarbiyachilar namoyish o‘tkazdi. Qoraqalpog‘iston Maktabgacha ta’lim vazirligi bog‘cha mudirasini qaytadan lavozimidan chetlashtirdi.

O‘zbekistonda mitinglar o‘tkazish SSSR qonunlari bilan tartibga solinmaydi — adliya vaziri
15 fevral 2021, 19:44

O‘zbekistonda mitinglar o‘tkazish SSSR qonunlari bilan tartibga solinmaydi — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekistonda yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlarni tashkil etish SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi farmoni bilan tartibga solinishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Shunga qaramasdan u bu borada qonunbuzarlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud bo‘lsa-da, mitinglarni tashkil etish tartibi belgilanmaganini tan oldi.

Navalniyni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha namoyishlarda rekord darajadagi odamlar hibsga olindi
1 fevral 2021, 10:17

Navalniyni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha namoyishlarda rekord darajadagi odamlar hibsga olindi

Rossiya bo‘ylab minglab odamlar muholifatchi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun ikkinchi marotaba yurishlar uyushtirishdi. 5 mingdan ortiq namoyishchilar hibsga olindi.

IIV mitinglar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha bayonot berdi
20 avgust 2020, 23:10

IIV mitinglar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha bayonot berdi

O‘zbekiston IIV mitinglar to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat ekanini ma’lum qildi. Vazirlik qonun loyihasining ishlab chiqilishi Belarusdagi voqealarga aloqador emasligini ham qayd etib o‘tdi.

Miting, yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazish tartibi belgilanadi
19 avgust 2020, 12:33

Miting, yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazish tartibi belgilanadi

Miting, yig‘ilish va namoyishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, ushbu tadbirlarni ish kunlari kunduzi 10:00 — 18:00 orasida 2 soatdan oshmagan vaqt davomida o‘tkazishga ruxsat beriladi. Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat olish uchun ariza namoyishlar o‘tishidan o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddatdan oldin taqdim etilishi lozim — batafsil.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting