Seshanba kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari fonida vatandoshlariga videomurojaat yo‘lladi.

«Aziz vatandoshlar, yana bir bor sizdan aql bilan ish ko‘rishni, ichki va tashqi ig‘volarga berilmaslikni, mitingchilar va o‘zboshimchaliklar eyforiyasiga uchmaslikni so‘rab, murojaat qilayapman», — dedi u.

«Fuqaroviy va harbiy idoralarning rasmiy binolariga hujum qilishga chaqiriqlar mutlaqo noqonuniy hisoblanadi. Bu jazoga tortishga olib kelishi mumkin bo‘lgan jinoyatdir», — dedi prezident.

«Hukumat qulamaydi. Biroq, bizga mojaro emas, o‘zaro ishonch va muloqot kerak», — deya ta’kidladi u.

Ëshlarga murojaat qilar ekan, Qasim-Jomart Toqayev shunday dedi: «Hayot yo‘llaringizni buzmang, yaqinlaringiz hayotini zaharlamang. Sizning barcha qonuniy talablaringiz va iltimoslaringiz hisobga olinadi. Tegishli qarorlar qabul qilinadi. Ertaga mazkur masalalar bo‘yicha ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi».

«Aql bilan ish ko‘rishingizdan umidvorman. Hozir kartaga (majoziy ma’noda karta o‘yini nazarda tutilgan) ham sizning farovonligingiz, ham mamlakatimizning zamonaviy dunyodagi o‘rni qo‘yilgan», — deya yakunladi prezident.