Rasmiylar O‘zbekistonda velosipedda harakatlanishni rivojlantirish haqida muntazam gapirib keladi. Toshkentda esa, tanqidlarga qaramay, noto‘g‘ri va xavfli veloyo‘laklar qurilishi davom etmoqda. MHTI mutaxassislari tadqiqot o‘tkazib, velosiped nima uchun ommalashmayotgani sabablarini o‘rgandi.
MHTI tadqiqotiga ko‘ra, uyda kir yuvish mashinalarining bo‘lishi iqtisodiy faol ayollar sonini oshiradi. Ekspertlar qurilma suv va energiya sarfini kamaytirish bilan birga, ayollarga haftasiga 4 soat vaqtini tejash imkonini berishini, bu vaqtni ular farzandlari uchun sarflashi mumkinligini bildirdi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) muhim milliy qadriyatlar ro‘yxatini shakllantirishni taklif qildi. Unga, jumladan, ota-onaga ehtirom, o‘zbek tili, diniy bag‘rikenglik, so‘z erkinligi va boshqalar kiritilgan.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ichki turizm bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi. Respondentlarning yarmidan ko‘pi oilalari bilan sayohat qilishni afzal ko‘rishlarini aytdi. Asosiy muammolar qatorida yo‘llar sifati, narxlar, suv, internet va sanitariya punktlari sanaldi.
MHTI tahliliga ko‘ra, 2022-yilning o‘zida 9 milliondan oshiq aholi norasmiy sektorda band bo‘lgani hisobiga davlat budjetiga soliq ko‘rinishida 32,9 trillion so‘m mablag‘ tushmagan. Bu summaga 500 o‘quv o‘rinli 4100 ta umumta’lim maktablari qurish mumkin bo‘lardi, deyiladi tahlilda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting