«loyiha» tegli maqolalar


Mahalladagi davlat ko‘chmas mulkini auksionga chiqarish bilan hokim yordamchisi shug‘ullanishi mumkin
14 iyun 2022, 15:09

Mahalladagi davlat ko‘chmas mulkini auksionga chiqarish bilan hokim yordamchisi shug‘ullanishi mumkin

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2000 kv. metrgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulkini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri auksion savdolariga chiqarishni taklif etmoqda. Agentlik buyurtmani 3 ish kunida o‘rganib chiqadi, ma’qullangan taqdirda obyekt savdoga qo‘yiladi.

Prezident Samarqand turizm markazini qurishni tezlashtirishga ko‘rsatma berdi
7 aprel 2022, 16:30

Prezident Samarqand turizm markazini qurishni tezlashtirishga ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni Samarqand turizm markazini qurishni tezlashtirish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berdi. Loyihaga ko‘ra, ushbu majmuada kongress xoll, «Abadiy shahar» karvon saroyi, 8 ta mehmonxona qurish ko‘zda tutilgandi. Hozirgi kunga kelib, mehmonxonalar, qadimiy shaharchalar, yo‘l va ko‘priklarni qurish ishlari olib borilmoqda (foto).

Jizzax shahrida eskirgan gaz quvurlari almashtiriladi
11 yanvar 2022, 11:45

Jizzax shahrida eskirgan gaz quvurlari almashtiriladi

Jizzax shahrida eski gaz quvurlari 1,5 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi yangi quvurlar bilan almashtirish rejalashtirilmoqda. Gaz taqsimlash stansiyalari soni ham qisqaradi. Mazkur loyiha Turkiyaning Aksa kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Loyiha: korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi sababli shartnomalar haqiqiy emas deb topilishi mumkin
23 iyun 2021, 16:57

Loyiha: korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi sababli shartnomalar haqiqiy emas deb topilishi mumkin

Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni amalga oshirish kutilmoqda. Xususan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish qat’iyan taqiqlangan mansabdor shaxslar va xodimlar ro‘yxatini belgilash, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi sababli shartnomalar haqiqiy emas deb topish, davlat organlariga ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish va boshqa choralar taklif etildi.

Yangi Andijon shahri qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? (foto)
18 iyun 2021, 15:42

Yangi Andijon shahri qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? (foto)

Qurilishining boshlanishida prezident ishtirok etgan Yangi Andijon shahrida kam qavatli binolar ustunlik qiladi, hovlilarida yashil maydonlar barpo etiladi. Bo‘lajak shaharning chizma va maketlari — «Gazeta.uz» fotoreportajida.

«Istiqlol» konsepsiyasi loyihasi yaqin kunlarda tasdiqlanadi — qurilish vaziri
26 aprel 2021, 23:28

«Istiqlol» konsepsiyasi loyihasi yaqin kunlarda tasdiqlanadi — qurilish vaziri

Qurilish vaziri Botir Zokirov Toshkentdagi «Moviy gumbazlar» xiyobonida barpo etiladigan «Istiqlol» konsepsiyasi loyiha yaqin kunlarda tasdiqlanishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident tanlov ishtirokchilarining loyihalari bilan tanishib, tanlov muddatini yana 10 kunga cho‘zish topshirig‘ini bergan.

Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi tashkil etilishi mumkin
24 mart 2021, 00:54

Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi tashkil etilishi mumkin

Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi tashkil etilishi mumkin. Bu borada prezidentning qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Hujjat bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan va shunga moyilligi bor shaxslarga ko‘maklashish tizimini qayta tashkil etish maqsad qilingan.

Tadbirkorlar uchun elektr tarmoqlariga ulanishda bir martalik to‘lov joriy etish taklif qilinmoqda
23 mart 2021, 09:53

Tadbirkorlar uchun elektr tarmoqlariga ulanishda bir martalik to‘lov joriy etish taklif qilinmoqda

Energetika vazirligi ishlab chiqqan ma’muriy reglament loyihasida quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni (maishiy iste’molchilardan tashqari) tarmoqqa ulash uchun 14,7 mln so‘mgacha miqdorda bir martalik to‘lov joriy etish taklif qilinmoqda.

OTB O‘zbekiston aholisi bandligini ta’minlashga 93 mln dollar ajratadi
14 dekabr 2020, 19:00

OTB O‘zbekiston aholisi bandligini ta’minlashga 93 mln dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda ishsizlikni qisqartirishga, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan loyiha uchun 93 mln dollar ajratadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting