Kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 4 ming gektar maydonda barpo etilayotgan yangi shahar qurilishiga tamal toshini qo‘ygan edi. Loyiha Keym turk kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

2021−2041 yillarda yangi shahar sakkiz bosqichda qurilishi va unda 450 mingdan ziyod kishi istiqomat qilishi kutilmoqda. Shaharning umumiy maydoni 4000 gektarni tashkil etadi, shundan 2 mingtasini uy-joy va ijtimoiy soha obyektlari, sanoat zonalari va xizmat ko‘rsatish obyektlari egallaydi. Yana 2000 gektar maydonda yashil maydonlar yaratiladi.

«Gazeta.uz» muxbiri tomonidan suratga olingan bo‘lajak shaharning chizmasi va maketlarida kam qavatli binolarning ustunligini ko‘rish mumkin, loyihaning hovlisida yashil zonalar barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Turar-joy binolari kvartallar shaklida joylashtirilishi, ko‘chalar tor bo‘lishi va ular bo‘ylab avtomobillar to‘xtash joylari qurilishi rejalashtirilgan.

Foto

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Abdullo Yodgorov/ «Gazeta.uz»