Shavkat Mirziyoyev va Halima Yaqub huzurida ikki tomonlama hujjatlarni qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi va 7 ta hamkorlik hujjati imzolandi. Sammit yakunida prezidentlar Faxriy mehmonlar xiyobonida archa ekdi.
Shavkat Mirziyoyev Singapur rahbariyati bilan uchrashdi. Davlat boshqaruvi uchun kadrlar tayyorlash, investitsiyalar, «yashil» texnologiyalarni jalb qilish, shaharsozlik va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, yangi orxideya turiga O‘zbekiston prezidenti nomi berildi.
TIV rahbari Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya 22−25 dekabr kunlari «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 9-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Tokio shahrida bo‘ldi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida imzolangan hujjatlar orasida «yashil» taraqqiyot sohasida sarmoyaviy hamkorlik, foydali qazilmalarni o‘zlashtirish va korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum ham bor. Savdo va sarmoyaviy bitimlar hajmi $15 mlrdni tashkil etadi.
AKT vaziri Apple kompaniyasi vakillari bilan O‘zbekistonda ApplePay tizimini joriy etish, 5G tarmoqlarida iPhonedan foydalanish imkoniyatini kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Coursera ta’lim platformasi vakillari bilan o‘zbekistonlik yoshlariga IT kasblarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish kelishildi.
Antigua va Barbuda O‘zbekiston diplomatik munosabatlarni o‘rnatgan 141-davlat bo‘ldi.
Markaziy Osiyoga tashrifi doirasida BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad O‘zbekistonga ham keladi. Senat va Yoshlar ishlari agentligida muzokaralar, shuningdek, O‘zbekistonning lider ayollari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi chog‘ida 18 ta hujjat, jumladan, hukumatlar o‘rtasida yadroviy, biologik xavfsizlik va xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlikka oid bitimlar, shuningdek, besh yillik iqtisodiy hamkorlik dasturi imzolandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting