8−9 iyun kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Tashrif doirasida Oliy Majlis Senati hamda Yoshlar ishlari agentligida muzokaralar o‘tkazish, O‘zbekistonning yetakchi ayollari bilan uchrashuvini tashkillashtirish rejalashtirilgan. Ular uchrashuvlar davomida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qiladi.

Amina Muhammad 5−12 iyun kunlari Markaziy Osiyo bo‘ylab safarni amalga oshirmoqda, deb qayd etilgan BMT saytida. U Tojikistonda bo‘lib o‘tadigan 2018−2028 yillarda «Barqaror rivojlanish uchun suv» harakatining o‘n yilligiga bag‘ishlangan ikkinchi yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada bosh kotib nomidan ishtirok etadi.

BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari mintaqadagi boshqa davlatlarning taklifiga binoan Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga ham boradi.

Mamlakatlarga tashrifi davomida u milliy hokimiyat organlari, BMT xodimlari, shuningdek, yoshlar va ayollar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari bilan ushbu mamlakatlar oziq-ovqat, yenergetika va moliyaga ta’sir ko‘rsatadigan uch o‘lchovli inqirozni qanday yengayotgani to‘g‘risida shaxsan muloqot qiladi.