«bayroq» tegli maqolalar


Test: Bayroqlarni bilasizmi?
18 noyabr 2023, 23:46

Test: Bayroqlarni bilasizmi?

1991-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston ramzlaridan biri — Davlat bayrog‘i qabul qilingan edi. Ushbu tarixiy sana munosabati bilan “Gazeta.uz” bayroqlar haqida test tayyorladi.

Ichki kema yo‘llarida faqat O‘zbekiston bayrog‘i ostida suzish shart etib belgilandi
13 sentabr 2023, 17:48

Ichki kema yo‘llarida faqat O‘zbekiston bayrog‘i ostida suzish shart etib belgilandi

Endi ichki kema yo‘llarida faqat O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ostida suzishga yo‘l qo‘yiladi. Bu ichki kema yo‘llarida suzish qoidalarida belgilab qo‘yildi. Shuningdek, gorizont bo‘ylab ko‘rinish masofasi 1 kilometrdan kam bo‘lganda kemalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

P️rezident bayroqdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi qonunni imzoladi
8 iyul 2023, 12:07

P️rezident bayroqdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi qonunni imzoladi

O‘zbekistonning davlat bayrog‘idan foydalanishdagi cheklovlarni yumshatuvchi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjat bilan bayroqdan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan va hurmatsizlik deb baholanuvchi holatlar aniq belgilandi.

Senat bayroqdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi
23 iyun 2023, 10:56

Senat bayroqdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi

Senat bayroqdan foydalanish imkoniyatini kengaytiruvchi, jumladan, uni xonadonlarga osib qo‘yish, kiyim-kechaklarga yopishtirish, oilaviy va boshqa tadbirlarda ishlatish mumkinligi belgilangan qonunni tezda ma’qulladi. Loyiha 1-iyunda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan va 20-iyunda Quyi palatada qabul qilingandi.

Bayroqdan foydalanishdagi cheklovlarni yumshatuvchi qonun loyihasi Senatga yuborildi
20 iyun 2023, 17:19

Bayroqdan foydalanishdagi cheklovlarni yumshatuvchi qonun loyihasi Senatga yuborildi

Qonunchilik palatasi deputatlari davlat bayrog‘idan foydalanish bo‘yicha qo‘shimchalar kiritilgan qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi. Unda bayroqni xonadonlarga osib qo‘yish, kiyim-kechaklarga yopishtirish, oilaviy va boshqa tadbirlarda ishlatish mumkinligi belgilangan.

Toshkentdagi xonadonlardan birining balkonidan Ukraina bayrog‘i olib tashlandi
25 may 2023, 19:22

Toshkentdagi xonadonlardan birining balkonidan Ukraina bayrog‘i olib tashlandi

Toshkentlik fuqaro kvartirasi balkoniga Ukraina bayrog‘ini ilib qo‘ygan edi. U yo‘qligida huquq-tartibot idoralari xodimlari kran bilan 8-qavatga ko‘tarilib, bayroqni olib tashlashdi. “Gazeta.uz” xonadon egasi bilan suhbatlashdi. U uy-joy daxlsizligi buzilgani yuzasidan IIBga murojaat qilmoqchi.

Bayroq rangidagi tasma taqqan yigit ishi bo‘yicha IIB xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi
11 may 2023, 11:33

Bayroq rangidagi tasma taqqan yigit ishi bo‘yicha IIB xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Qashqadaryoda bayroq rangidagi tasma taqqan yigit ishi bo‘yicha IIB xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi. Avvalroq “Yuksalish” xodimlar va noqonuniy qaror qabul qilgan sud harakatlariga qanday baho berilganiga qiziqib, ish tafsilotlarini ochiqlashga chaqirgandi.

Bayroq rangidagi tasma taqqan yigitga ma’muriy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
7 may 2023, 18:23

Bayroq rangidagi tasma taqqan yigitga ma’muriy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi

Bosh prokuratura aralashuvi bilan bayroq rangidagi tasma taqqan qamashilik yigitga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qaror bekor qilindi. Shuningdek, mazkur qarorning noqonuniy ekani ma’lum qilindi.

Qashqadaryoda O‘zbekiston bayrog‘i rangidagi tasma taqqan yigit qo‘lga olindi
7 may 2023, 10:27

Qashqadaryoda O‘zbekiston bayrog‘i rangidagi tasma taqqan yigit qo‘lga olindi

Qamashi tumanidagi bozorda IIO xodimlari O‘zbekiston bayrog‘i rangidagi tasma taqqan yigitni qo‘lga oldi. U tasmani yechishdan bosh tortdi, shundan so‘ng yigit bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, sudga taqdim etish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi.

O‘zbekiston bayrog‘ini uylarga osib qo‘yishga ruxsat berilishi mumkin
18 noyabr 2022, 10:56

O‘zbekiston bayrog‘ini uylarga osib qo‘yishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zLiDep partiyasi davlat bayrog‘idan foydalanishga qo‘yiladigan talablarni soddalashtirishni taklif qilmoqda. Undan, xususan, fuqarolarning uyda va ish joyida erkin foydalanishiga ruxsat berilishi mumkin.

Qashqadaryoda bayroq o‘rnatilishi yana to‘xtatildi, mablag‘lar yo‘llar ta’miriga yo‘naltiriladi
22 noyabr 2021, 12:59

Qashqadaryoda bayroq o‘rnatilishi yana to‘xtatildi, mablag‘lar yo‘llar ta’miriga yo‘naltiriladi

Xalq deputatlari Qarshi shahar kengashi ulkan bayroq uchun 300 mln so‘m ajratish bo‘yicha qaror chiqardi. Keyinroq viloyat hokimi bunga e’tibor qaratib, shahar hokimi bilan kelishgan holda bayroq ustunini qurishni bekor qildi. Mablag‘lar yo‘l ta’miriga va kommunal sohalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladigan bo‘ldi. Aprel oyida ham viloyatning sobiq hokimi Zoyir Mirzayev 1 mlrd 350 mln so‘mlik bayroq qurilishini to‘xtatgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting