Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi O‘zbekistonning ichki bozoriga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida qo‘shni mamlakatlardan elektr energiya import qilinmoqda. Uning bir qismigina Afg‘onistonga eksport qilinishini Energetika vazirligi ma’lum qildi.
O‘zbekiston elektr stansiyalaridagi «texnik muammolar» tufayli Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan energiya quvvati 450 MVtdan 300 MVtgacha tushib ketdi. Afg‘on OAVlari buning natijasida Qobulning katta qismida elektr taqchilligi yuzaga kelganini aytmoqda. Hozirda quvvat 400 MVtgacha tiklandi. Energetika vazirligi shartnomada kelishilgan quvvatning 85 foizi miqdorida yetkazilayotganini tasdiqladi.
«Mozori-Sharif — Qobul» temir yo‘li AQSH Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi mablag‘lari evaziga qurilishi ko‘zda tutilgan. Qurilish ishlari kelasi yilning sentyabr oyida boshlanishi kutilmoqda. Ushbu loyiha O‘zbekistonga Pokiston dengiz portlariga chiqish imkoniyatini beradi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulla Abdullani qabul qildi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasi Milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulla Abdulla bilan uchrashdi. Suhbatda asosiy e’tibor Afg‘onistonni Markaziy Osiyodagi integratsiya jarayonlariga jalb qilish hamda mustahkam tinchlik o‘rnatishga qaratildi.
Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, ikki davlat o‘rtasidagi savdo, transport va energetika masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 10 yillik elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Afg‘onistonning Balx provinsiyasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibiga kiruvchi «So‘g‘diyona trans» sho‘’ba korxonasi vakillariga qurolli hujum uyushtirildi. O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston hududidagi o‘zbek kompaniyalari xodimlari himoyasini kuchaytirishni so‘radi.
O‘zbekiston Afg‘oniston Maslahat loya jirg‘asining 400 nafar tolib-mahbusni ozod qilish to‘g‘risidagi qarorini olqishlashini ma’lum qildi. Afg‘onlararo muzokaralari shu hafta ichida boshlanishi mumkin.
Afg‘onistonlik yosh xotin-qizlar Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tahsil oladilar. Loyiha doirasida Afg‘onistondan kelgan 50 nafar ayollar Qozog‘iston va O‘zbekiston universitetlarida o‘qishi ko‘zda tutilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting