Jamiyat

DXX pora olishda gumonlangan advokat, soliq va MIB xodimlarini ushladi
25 aprel 2024, 11:35

DXX pora olishda gumonlangan advokat, soliq va MIB xodimlarini ushladi

DXX Jizzax shahrida sudlanuvchiga yengil jazo tayinlatib berish uchun 10 ming dollar olishda gumonlangan advokatni ushladi. Uchqo‘rg‘on tumanida kompaniyaga jinoiy ish ochilmasligiga yordam berish evaziga 2 ming dollar talab qilgan MIB xodimlari qo‘lga olindi.

10 kunda 500 dan ortiq mashina havoga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqargani aniqlandi
25 aprel 2024, 11:16

10 kunda 500 dan ortiq mashina havoga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqargani aniqlandi

“Toza havo” oyligi doirasida 10 kun ichida O‘zbekiston bo‘ylab 60 mingga yaqin avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazildi. Bunda 518 ta transport vositasi atmosferaga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqargani aniqlandi. 300 dan ortiq haydovchi jarimaga tortildi.

“O‘zbekistonda immunizatsiya tarixi insoniyat g‘alabasi tarixidir” — YUNISEF
25 aprel 2024, 10:52

“O‘zbekistonda immunizatsiya tarixi insoniyat g‘alabasi tarixidir” — YUNISEF

O‘zbekistonda emlash dasturi 3,5 mln bola, jumladan, har yili difteriya, qoqshol va ko‘k yo‘talga qarshi 3 dozali vaksina oladigan 950 ming bolani qamrab oladi. Butunjahon emlash haftaligi munosabati bilan YUNISEF emlash harakatlari bolalarning omon qolishi va salomatligi uchun naqadar muhim ekanini eslab o‘tdi.

Atlas Party`dagi ayollar va ularning liboslarini haqoratlagan erkak 15 sutkaga qamaldi
25 aprel 2024, 10:30

Atlas Party`dagi ayollar va ularning liboslarini haqoratlagan erkak 15 sutkaga qamaldi

Sud Toshkentdagi Atlas Party tadbirida qatnashgan ayollar va ularning liboslarini haqorat qilgan erkakni 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qildi.

Buxoroda erkak rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi
24 aprel 2024, 23:50

Buxoroda erkak rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida er xotinini 16 marta pichoq urib o‘ldirdi. Bunga rashk ortidan kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

24-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
24 aprel 2024, 22:39

24-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Davlat idoralari uchun yangi elektromobillar, Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun”, ilk bor arab tilida nashr etilgan “O‘tkan kunlar”, nihoyat Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam ajratgan AQSH va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Samarqandda 13 ming kub marmarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi
24 aprel 2024, 22:21

Samarqandda 13 ming kub marmarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Samarqandning Ishtixon tumanidagi Zarband konidan o‘zboshimchalik bilan 13,1 ming kub marmar qazib olingani aniqlandi. Buning oqibatida tabiiy obyektlarga 5,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda 15 yoshli qiz jismoniy tazyiq ostida qolgani aniqlandi
24 aprel 2024, 22:03

Samarqandda 15 yoshli qiz jismoniy tazyiq ostida qolgani aniqlandi

Tarmoqlarda Samarqand viloyati Payariq tumanida 7-sinfda o‘qiydigan qiz maktab direktorining uyida tazyiq ostida qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olinganini, tuman IIB tekshiruv harakatlari olib borayotganini ma’lum qildi.

Orolbo‘yidan 70 mln yillik dinozavr suyagi topildi
24 aprel 2024, 21:31

Orolbo‘yidan 70 mln yillik dinozavr suyagi topildi

Slovakiyalik olimlar Orolbo‘yi hududida 70 mln yillik noyob topilmalarni, jumladan, suvda yashaydigan kichik dinozavr turining suyagini aniqladi. Ammo O‘zbekistonda tahlil qilish imkoni bo‘lmagani sababli suyaklar Slovakiyaga olib ketildi.

ANORBANK x eMaktab maxsus loyihasining ikkinchi bosqichi g‘oliblari e’lon qilindi
24 aprel 2024, 21:00

ANORBANK x eMaktab maxsus loyihasining ikkinchi bosqichi g‘oliblari e’lon qilindi

Toshkentdagi Central Park`da ANORBANK va eMaktab hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan “Besh baholar sizdan, sovg‘alar bizdan” shiori ostidagi maxsus loyihaning ikkinchi bosqichi yakunlari e’lon qilindi.

Turkiyada 53 yoshli O‘zbekiston fuqarosi zinadan yiqilib vafot etdi
24 aprel 2024, 20:17

Turkiyada 53 yoshli O‘zbekiston fuqarosi zinadan yiqilib vafot etdi

Istanbulda vaqtincha yashab, ishlayotgan samarqandlik 53 yoshli erkak ish joyida zinadan yiqilib tushish oqibatida hushini yo‘qotib, voqea joyida vafot etdi. Uning jasadi morgda saqlanmoqda, bosh konsulxona marhumning qarindoshlaridan murojaat qilishni so‘radi.

Jizzaxda 8 yoshli o‘g‘liga pichoq tiragan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
24 aprel 2024, 15:33

Jizzaxda 8 yoshli o‘g‘liga pichoq tiragan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro Koreyada ishlayotgan rafiqasi bilan telefon orqali janjallashib, 8 yoshli o‘g‘lining bo‘g‘ziga pichoq tiradi. Ma’lum bo‘lishicha, u oldin ham xotiniga nisbatan zo‘ravonlik qilgan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bolaga uning buvisi vaqtinchalik vasiy etib tayinlandi.

Yunusobod tumanidan premium xonadon izlayotganlar uchun yaxshi taklif
24 aprel 2024, 11:00

Yunusobod tumanidan premium xonadon izlayotganlar uchun yaxshi taklif

Yunusabad Residence TJM zamonaviy talablar asosida va yuqori texnologiyalar yordamida barpo etilgan xonadon izlayotganlar uchun foizsiz muddatli to‘lov bilan xonadon xarid qilishni taklif qilmoqda.

Toshkent shahri va viloyatida qalbaki 71,2 ming dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar ushlandi
24 aprel 2024, 10:42

Toshkent shahri va viloyatida qalbaki 71,2 ming dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalbaki 71 200 AQSh dollari muomalaga kiritilishi oldi olindi.

“O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi
24 aprel 2024, 09:37

“O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani ilk marta arab tiliga o‘girilib, Misrda “O‘tkan kunlar: Turkistondagi achchiq sevgi qissasi” nomi ostida taqdim etildi. Uni arab tilida o‘qishni istaganlar Toshkentdagi Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga yoki Misrdagi elchixonaga murojaat qilishi mumkin.

Namangan viloyatida uy-joy qurish maqsadida arxeologiya yodgorligidagi qabrlar buzib yuborildi
24 aprel 2024, 09:26

Namangan viloyatida uy-joy qurish maqsadida arxeologiya yodgorligidagi qabrlar buzib yuborildi

Yangi Namangan tumanidagi “Bo‘zchi mozor” arxeologiya yodgorligiga 6,9 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi. Fuqaro hududda uy-joy qurish maqsadida XVI-XVII asrlarga oid qabrlarni buzgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Chevrolet va Ipak Yo‘li Banki qulay shartlardagi avtomobil xaridini taklif qilmoqda
24 aprel 2024, 09:00

Chevrolet va Ipak Yo‘li Banki qulay shartlardagi avtomobil xaridini taklif qilmoqda

Chevrolet va Ipak Yo‘li Banki`ning yangi taklifiga ko‘ra, brend avtomobillarini to‘rt yillik kredit asosida 15% boshlang‘ich to‘lov bilan sotib olish mumkin.

Abdulla Qodiriy bog‘i 49 yilga investorga berilmoqda. Rekonstruksiya qanday bo‘ladi?
23 aprel 2024, 23:14

Abdulla Qodiriy bog‘i 49 yilga investorga berilmoqda. Rekonstruksiya qanday bo‘ladi?

So‘nggi yillarda maydoni 5 gektarga qisqargan Abdulla Qodiriy parki BPM Smart Decision’ga kamida 10 mln dollar investitsiya kiritish va rekonstruksiya qilish majburiyati bilan 49 yilga berilyapti. Investor parkni “qisman attraksionli, ammo asosan yashil hududdan iborat” qiladigan loyiha haqida ma’lumot berdi.

23-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
23 aprel 2024, 22:34

23-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Devid Kemeronning O‘zbekistonga tashrifi, madaniy meros mulkiga aylangan modernistik binolar, qoidabuzarliklarni aniqlashda drondan foydalanadigan IIV, Mirziyoyevga minnatdorlik bildirgan Qozog‘iston rahbari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Bizga tinch va sokin park kerak”. Toshkentliklar Do‘stlik parki rekonstruksiyasiga qarshi
23 aprel 2024, 22:23

“Bizga tinch va sokin park kerak”. Toshkentliklar Do‘stlik parki rekonstruksiyasiga qarshi

Toshkentdagi Do‘stlik parki 49 yilga investorga ijaraga berilgan. U 2018-yili 4 yillik ta’mirga yopilgandi. Loyihachilar sokin hordiq joyini va’da qilgandi, ammo endi shaharda bu park ta’minoti uchun pul yo‘q bo‘lib chiqdi. Xarajatlarni attraksionlar o‘rnatish hisobiga qoplash reja qilingan. Aholi bunga qarshi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting