Siyosat

dayjest

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga boradi

Juma kuni Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga boradi. Tashrifda loyihalar bilan tanishish, yangi obyektlarni ishga tushirish va viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish reja qilinmoqda.


Iqtisodiyot

dayjest

Tariflar oshirilgach, elektr va gaz iste’moli kamaydi — energetika vaziri

Tariflar oshirilganidan so‘ng may oyida O‘zbekistonda 2023-yilning shu davriga nisbatan elektr iste’moli 324 mln kVt/soatga, gazniki 125 mln kub metrga kamaydi, dedi energetika vaziri. Uning aytishicha, abonentlar va korxonalar soni ko‘payishi bilan iste’molning kamayishi energiya tejamkorligidan dalolatdir.


dayjest

Prezident Buxoroda gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi

Prezident tomonidan Buxoro viloyatida uchta yirik obyekt — MTO gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va Buxoro xalqaro aeroporti qurilishi boshlandi.


dayjest

Iste’mol limitdan 10 foizdan ko‘proqqa oshsa, biznes gaz va elektr uchun 2 baravarlik tarifda to‘laydi — energetika vaziri

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari va boshqa yuridik shaxslar uchun belgilangan limitning 10 foizidan ortig‘i miqdorida gaz yoki elektr energiyasi iste’moli uchun oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llanadi, dedi energetika vaziri. Iste’molchilar energoauditi bo‘yicha ham yangi tartib joriy etiladi.


dayjest

Majburiy avtosug‘urta tariflarini oshirish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (OSAGO) bo‘yicha tariflarni oshirish rejalashtirilmoqda. ILMA 2019-yilda tasdiqlangan sug‘urta tarifi miqdorini qayta ko‘rib chiqmoqda. Amaldagi tariflar zararlarni qoplashga yetmayotgani aytildi.


dayjest

Birinchi chorakda gazni subsidiyalash uchun 8,1 trln so‘m yo‘naltirildi. Bu yillik umumiy hajmning 85 foizini tashkil etadi

Birinchi chorakda gaz sotib olish va sotish o‘rtasidagi farqni qoplash uchun davlat budjetidan 8,1 trln so‘m subsidiya ajratildi. Bu butun 2024-yil uchun rejalashtirilgan subsidiyalar umumiy hajmining 85 foizini tashkil etadi.


dayjest

Dollarning rasmiy kursi mart oxiridan beri ilk bor 12 600 so‘mdan pastladi

Markaziy bank e’lon qilgan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ketma-ket yettinchi savdo kuni pasaymoqda. 24-maydan buyon milliy valyuta deyarli 125 so‘mga (1 foiz) mustahkamlanib, mart oyidan beri ilk bor 12 600 so‘mdan pastladi.


dayjest

Ikki tadbirkorga gaz bo‘yicha asossiz hisoblangan 15 mlrd so‘m qarzdorlik bekor qilindi

Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi ikkita yoqilg‘i quyish shoxobchasi egalariga tabiiy gazdan foydalanganlik uchun 15 mlrd so‘m asossiz qarzdorlik hisoblangan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vaziyatni o‘rganishi natijasida qarzdorlik bekor qilindi.


Jamiyat

dayjest

1-iyundan Toshkent shahri va viloyatida tezkor murojaatlar uchun 112 raqami ishga tushadi

112 yagona dispetcherlik xizmati 1-iyundan boshlab Toshkent shahri va viloyatida, keyinchalik bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ishga tushiriladi. Bu raqam favqulodda vaziyatlar vaqtida shoshilinch yordam olishga mo‘ljallangan bo‘lib, AQShdagi 911 xizmatining analogi hisoblanadi.


dayjest

Yoz quruq va juda iliq havo bilan boshlanadi

O‘zbekistonda yoz fasli quruq va juda iliq ob-havo bilan boshlanadi. Shanba, yakshanba kunlari harorat kechalari 14−19 daraja iliq, kunduzi 31−34 daraja issiq bo‘ladi.


dayjest

Surxondaryodagi mahalla aholisi stadionning bir qismida bog‘cha qurilayotganidan norozi. Hokimlik hammasi qonuniy ekanini bildirdi

Qumqo‘rg‘on tumani Yangiyer mahallasi aholisi stadion o‘rnida bog‘cha qurilayotganidan shikoyat qildi. Hokimlikning “Gazeta.uz"ga bildirishicha, ishlar qonuniy va 115 sotix stadionning 35 sotixidagina davlat bog‘chasi qurilyapti. Bu mahallada 150 nafar bola bog‘cha ta’limi bilan qamrab olinmagani aytildi.


dayjest

Jahongir Azimov: “O‘sha kungi voqealar rivojini to‘liq o‘rganish kerak”

Mass-media fondi yangi direktori Jahongir Azimov o‘zining Telegram kanalida Muna Mug kompaniyasi rahbari Farrux Hakimovning fotograf Kamil Yenikeyevga qilgan tajovuzkor harakatlariga munosabat bildirdi. U harakatni nomaqbul deb atadi va bu qonun bilan jazolanishi kerakligini ta’kidladi.


dayjest

Erkinlik festivali. Ochiq osmon ostidagi 16 ta jaz konserti qanday qilib Toshkentni erkinroq qilgani haqida

Toshkentdagi Xalqaro jaz festivalining barcha konsertlarini ochiq havoda o‘tkazish tashabbusi shahar ahliga o‘zining ijobiy ma’noda yashirin jihatlarini kashf etish imkonini berdi. Bunday tadbirlar nimasi bilan muhim va qanday qilib ularni yanada yaxshiroq qilish mumkin — Sabina Bakayeva shu haqda mushohada yuritadi.


dayjest

Buxoroda jadidlar merosi muzeyi ochiladi

Buxoro shahridagi Hovli Poyon majmuasida Jadidlar merosi davlat muzeyi ochiladi. U Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tizimiga kiritiladi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi (foto)

Buxoro viloyatiga borgan Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Prezident, shuningdek, majmuadagi “yuz yil vayron bo‘lib yotib”, tiklangan Toqi miyona darvozasini ko‘zdan kechirdi. “Endi bu yerdagi har bir obidaga bitiklar yozib qo‘yish kerak”, — dedi u. Foto.


dayjest

Budjeti cheklangan xaridor qanday ko‘chmas mulkka investitsiya kiritsa maqsadga muvofiq?

Toshkentda sotib olingan ko‘chmas mulk o‘z egasini o‘sish potensialiga ega aktivlar bilan ta’minlovchi barqaror passiv daromad manbaidir. Realting ko‘chmas mulk platformasi mutaxassislari Andrey Sodiqov va Botir Abdurahmonov ko‘chmas mulkka uzoq muddatli investitsiyalarni qanday rejalashtirish haqida so‘z yuritadi.


dayjest

Ko‘chmas mulkdan keladigan daromadni qanday hisoblash kerak?

Deylik, ko‘chmas mulkka investitsiya kiritmoqchisiz. Toshkentda uy-joy narxlari o‘sishi hisobga olinsa, xarajatingiz 5−7 yil ichida o‘zini oqlashi kerak. Bu qanchalik haqiqatga yaqin? Denis Sokolovning navbatdagi maqolasi — ko‘chmas mulkka investitsiyadan daromad olish va haqiqiy daromadni to‘g‘ri hisoblash haqida.


dayjest

Bolalarni jismoniy jazolashga chek qo‘yish — yetakchilar va hamjamiyatlar, oilalar va ota-onalarning jamoaviy majburiyatidir

Har yili bahorda, 30-aprelda Xalqaro bolalarni jismoniy jazolashga chek qo‘yish kuni nishonlanadi. YUNISEF vakili Antoniya Lyudeke o‘z maqolasida bolalarni zo‘ravonliklarsiz tarbiyalash, ularning qadr-qimmatini hurmat qilishga asoslangan o‘qitish usullariga o‘tishning ahamiyati haqda so‘z yuritadi.


dayjest

Samarqandda 30 bosh toshbaqa yovvoyi tabiatga qaytarildi

Samarqand shahrida 30 bosh Markaziy Osiyo toshbaqasi bolalari noqonuniy sotuvdan olib qo‘yildi va yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi. Huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash ishlari ketmoqda.


Jahon

dayjest

Hakamlar hay’ati Trampni noqonuniy to‘lovlar bo‘yicha aybdor deb topdi

Nyu-York hakamlar hay’ati Donald Trampni pornoaktrisaga to‘langan pulni yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topdi. Shu tariqa, u jinoiy ishda aybdor deb topilgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi. Hukm 11-iyul kuni e’lon qilinadi.


dayjest

Xitoy do‘stlik elchilari bo‘lmish pandalarni AQShga qaytarmoqda

Xitoy yirik pandalarni Vashington hayvonot bog‘iga qaytaradi — yil oxirigacha u yerga pandalar juftligi yetkaziladi: Bao Li va Sin Bao. AQShning birinchi xonimi buni tarixiy lahza deb atadi. AQSh OAV Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi taranglikni inobatga olib, bu kutilmagan yangilik bo‘lganini ta’kidlamoqda.


dayjest

Sloveniya Falastinni mustaqil davlat deb tan olishga qaror qildi

Sloveniya hukumati Falastinning mustaqilligi va suverenitetini tan olmoqchi. “Falastinni tan olish ikki davlat va xalqning tinch-totuv yashashi uchun yagona yo‘ldir”, — dedi Sloveniya tashqi ishlar vaziri. Bir necha kun avval Yevropaning uchta davlati ham Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olgandi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!