Janubiy Koreya avtomobilsozlik yo‘nalishida ish berish bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish istagida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev bilan uchrashuvda Koreyaning Avtomobilsozlik sanoati uyushmasi raisi Kvak Yong Chol aytib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida tashkil etildi. Unda ushbu davlat provinsiyalaridagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish uyushmalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

avtomobilsozlik, жанубий корея, ўзбекистон

avtomobilsozlik, жанубий корея, ўзбекистон

Muloqotda Koreya avtomobilsozlik sanoati uyushmasi tarkibida 6800 ta korxona mavjud bo‘lib, unda 48 000 nafar xodim faoliyat olib borayotgani qayd etildi. Koreyaliklar ushbu tarmoqda yana yiliga 3000 nafar ishchiga talab borligini aytib, bu bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish istagida ekanini ma’lum qildi.

Yakunda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ishlash istagidagi o‘zbekistonliklarni qisqa fursatlarda loyihaga qamrab olishga kelishib olindi, deyiladi xabarda.

Avvalroq o‘zbekistonliklar uchun Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohasida 37,4 mingta ish o‘rni uchun tanlov o‘tkazilishi haqida yozgan edik. Taklif etilayotgan sohalarda oylik maosh o‘rtacha 2000−2500 ming AQSh dollarini tashkil etishi ma’lum qilingan.