Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

Vnukovo xalqaro aeroportida prezidentni Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari — sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan paradda Markaziy Osiyo davlatlari, Belarus, Kuba, Laos mamlakatlari rahbarlari qatnashadi.

Tashrif davomida, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkaziladi, deyiladi xabarda.

Foto

москva, парад, шавкат мирзиёев

москva, парад, шавкат мирзиёев

москva, парад, шавкат мирзиёев

москva, парад, шавкат мирзиёев

москva, парад, шавкат мирзиёев

москva, парад, шавкат мирзиёев