Onlayn dorixona dori-darmonlarni sotib olishning yangi va qulay usullaridan biridir. Inson o‘zi yoki yaqin insoni turli xil kasalliklarga duch kelgan paytda, masalan, turli xil og‘riqlari (tish, bosh va bo‘g‘im og‘rig‘lari), yuqori tana xarorati, migren va hokazo, kerakli dori-darmonlarni qidirishda o‘nlab yaqin dorixonalarni chetlab o‘tishi kerak bo‘ladi. Agar ob-havo yomon bo‘lsa, undan tashqari, bola yoki keksa odam kasal bo‘lsa dori uchun ko‘chaga chiqish yanada qiyinlashadi. Bunday vaziyatda inson yaqinlarini tark etishni xohlamaydi.

oxymed, реклама

Shu tariqa, onlayn dorixona muammoni tezda hal qilish imkoniyatini berib, hozirgi kunda ajralmas yordamchi va maslahatchi hamdir. OXYmed Go onlayn dorixonasi bir qancha afzalliklarni namoyish etadi.

Qulaylik

Xizmat qulay va hamyonbopdir. OXYmed Go onlayn dorixona saytiga kunning istalgan vaqtida uyingiz yoki ofisdan chiqmasdan osongina kirishingiz mumkin. Bu band odamlar, qariyalar yoki dorixonalarga mustaqil ravishda tashrif buyurish imkoniyati cheklanganlar uchun qulaydir. O‘zbekiston bo‘ylab 120 dan ortiq OXYmed filiallarning barchasini endi bitta saytda topish mumkin.

Keng tanlov

Mahsulotlarning keng assortimentiga ham e’tibor qaratgan ma’qul. OXYmed Go onlayn dorixonasida iste’molchi ehtiyojini qondiradigan tanlov bir joyda mavjud. Bundan tashqari, OXYmed Go onlayn dorixonasida dori-darmonlar haqida barcha kerakli ma’lumotlar mavjud, bu esa tanlovni ongli ravishda ko‘rib chiqishga imkon beradi.

oxymed, реклама

Yetkazib berish xizmati

Buyurtmangizni tez yetkazib berish — OXYmed Go onlayn dorixonasining yana bir asosiy afzalligidir. Servis kureri sizga dori-darmonlarni saqlash sharoitlarini buzmagan holda qisqa vaqt ichida buyurtmani yetkazib beradi.

Siz servis orqali O‘zbekiston “Dori vositalari va tibbiy buyumlarning davlat reyestri”dan o‘tgan hamda sifatli dori-darmonlarni sotib olganingizga amin bo‘lishingiz mumkin, bu sog‘lig‘ingizni soxta dori-darmonlardan himoya qilish imkonini beradi.

oxymed, реклама

Dori-darmonlarga buyurtmani havola orqali berish mumkin. Yetkazib berish vaqtini qisqartirish uchun sayt servis turgan joyga yaqinroq bo‘lgan dorixonani tanlaydi.

Buyurtmani olganingizdan so‘ng esa siz OXYmed xodimlariga o‘z istaklaringiz, takliflaringiz yoki tavsiyangizni qoldirishingiz mumkin. Shu tariqa OXYmed guruhi xizmatlarini yanada yaxshilay olishadi va iste’molchilarga yaqinroq bo‘la oladi.

Sog‘liq uchun g‘amxo‘rlik qilish qiyin bo‘lmasligi kerak. OXYmed Go onlayn dorixonasidan foydalanib buni osonligiga o‘zingiz amin bo‘lishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumotni, hamda boshqa savollarga javoblarni servis Telegram-boti orqali olishingiz mumkin.

Kompaniya so‘nggi yangiliklarini OXYmed va OXYmed Go Instagram sahifalarida kuzatib borish mumkin.

Telefon: (+998) 71−200−03−03.

Sayt: oxymed.uz

Reklama huquqlari asosida.