MDH davlatlari rahbarlari norasmiy sammitda 2023-yildagi hamkorlik yakunlarini sarhisob qildi

Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘ldi. Yetakchilar yil yakuni va kelgusi yil rejalarini muhokama qildi. Mirziyoyev o‘zaro hamkorlikni “tubdan” kengaytirishga chaqirdi. Putinning aytishicha, Rossiya butun MDH hududida “do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik”ni rivojlantirishga intilmoqda.

Umida Omonova 5, Nodirbek Yoqubboyev 31-o‘rinda. Rapid bo‘yicha JCHning birinchi kuni qanday o‘tdi?

Samarqandda shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kuni yakunlandi. Magnus Karlsen va yana 4 nafar shaxmatchi peshqadam bo‘lib turibdi. O‘zbekiston vakillaridan Nodirbek Yoqubboyev 31, Umida Omonova 5-o‘rinda. Jahongir Vohidov esa 8 yoshli Roman Shogjiyevga yutqazdi.

UzAuto Motors 2024-yildagi Cobalt, Damas va Labo uchun shartnomalarni tuzib bo‘ldi

UzAuto Motors 2024-yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalarni tuzib bo‘ldi. 25−27-dekabr kunlari ommabop avtomobillar kontraktatsiyasi davrida jami 171,2 mingdan ortiq shartnoma berildi.

Tez tibbiy yordam xizmatiga yana 100 ta Caddy avtomashinasi topshirildi

Respublika tez tibbiy yordam markazining Buxoro, Namangan, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri filiallari uchun 100 dona Volkswagen Caddy avtomashinasi topshirildi.

Rossiya O‘zbekiston so‘roviga asosan gaz yetkazib berishni ikki baravar oshirdi — “Gazprom” rahbari

“Gazprom” kompaniyasi kuchli sovuq fonida Toshkent so‘roviga ko‘ra O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish hajmini ikki baravar oshirdi, dedi xolding rahbari Aleksey Miller. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Markaziy Osiyo — Markaz” gaz quvuri orqali “texnik imkoniyat jihatidan maksimal hajm” yetkazib berilmoqda.

Toshkent metrosi 31-dekabr kuni bir soat ko‘proq ishlaydi

Toshkent metropoliteni 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. 30-dekabr, 2024-yil 1−2-yanvar kunlari esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi.

Toshkentda Transafg‘on temiryo‘li qurilishini jadallashtirish muhokama qilindi

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Afg‘oniston transport va fuqaro aviatsiyasi vaziri vazifasini bajaruvchi Hamidulla Oxunzoda bilan Toshkentda Transafg‘on temiryo‘li qurilishi loyihasini jadallashtirishni muhokama qildi.

Sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkazildi

Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda taftish tartibida (kassatsiya) ko‘rish bosqichi joriy etildi. Shuningdek, har bir sud instansiyasining zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatildi.

Davaktiv: Rieltorlik to‘g‘risidagi qonun ko‘chmas mulk egalarining o‘zi mustaqil tuzadigan bitimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi

Davaktiv rieltorlik xizmati to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha fikrlarga munosabat bildirib, uning 3-moddasida tartib ko‘chmas mulk mulkdorlarining o‘zlari mustaqil tuzadigan bitimlariga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yilganini ta’kidladi. Qonun loyihasining 27-moddasi qayta ishlanadi.

Turkiya parlamenti qo‘mitasi Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasini ma’qulladi

Turkiya parlamentining tegishli qo‘mitasi Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasini ma’qulladi. Endi hujjat parlament a’zolarining umumiy ovoziga qo‘yiladi. Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an avvalroq hujjatning yakuniy ratifikatsiyasini Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini Anqaraga sotish bilan bog‘lagan edi.

Ma’muriy sudlardagi yerga oid ishlarda prokurorlar ham qatnashishi belgilandi

E️ndilikda yerga oid ishlarni ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokurorning ishtirok etishi shart bo‘ladi. Ishning taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishning boshqa instansiyalarida qatnasholmaydi.

Sho‘rchi tumani sobiq hokimiga tayinlangan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani sobiq hokimi Baxtiyor Xudoyberganov sentabr oyida 4 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. Sudning apellyatsiya instansiyasi noyabr oyida hukmni o‘z kuchida qoldirgan. Oliy sud esa bu haqda endigina xabar berdi.