O‘zbekiston qonun ustuvorligi reytingida 78-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston World Justice Project`ning qonun ustuvorligi bo‘yicha yillik reytingida 142 davlat orasida 78-o‘rinni egalladi. Reyting mualliflarining fikricha, mamlakat huquq tizimidagi eng yomon holat davlat vakolatlarini cheklash va hokimiyatning ochiq emasligi bilan bog‘liq.

Toshkentda yuqori tezlikdagi Weltmeister 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi

Mirobod tumanida orqaga harakatlanayotgan Hyundai avtomobiliga yuqori tezlikdagi Weltmeister elektromobili urilib, so‘ng yana 4 ta mashina bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida 3 kishi jarohat oldi.

Oyiga $10 000 topishni o‘rgatishni va’da qilgan Islom Ibrohimov qidiruvga berildi

IIV tarmoqlarda “biznes-trener”ligi bilan tanilgan Islom Ibrohimovni qidiruvga bergani ma’lum bo‘ldi. U juda ko‘p miqdordagi firibgarlikda gumonlanmoqda. Avvalroq “Subyektiv” uni o‘zi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatish orqali mijoz yig‘ishda ayblagandi.

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Asosiy stavkaning joriy darajasi yil oxiriga qadar inflyatsiyaning prognoz ko‘rsatkichlari doirasida shakllanishi uchun zaruriy pul-kredit sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi, deyiladi regulyator bayonotida.

MB: 5 foizlik inflyatsion targetga erishish davri 2025 yoki 2026-yil yakuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda

Markaziy bank bir nechta omilni inobatga olib, 2 ta ssenariy asosida keyingi yillarda makroiqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlarini ishlab chiqdi. 5 foizlik infyatsion targetga erishish davri asosiy ssenariyda 2025-yilning ikkinchi yarmiga, muqobil ssenariyda 2026-yil yakuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Kreditlar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmagan 16 ta bank jarimaga tortildi

O‘zbekiston Markaziy banki 16 ta bankni mijozlarga kredit va omonatlar haqidagi ma’lumotlarni to‘liq oshkor etmagani uchun jarimaga tortdi.

Imtiyozli kreditlash amaliyotini qisqartirish bo‘yicha choralar davom ettiriladi — MB

Markaziy bank kelgusi yillarda pul-kredit siyosati ta’sirchanligini oshirishda imtiyozli kreditlash amaliyotini qisqartirish va bozor tamoyillari asosida shakllanuvchi foiz stavkalariga o‘tish borasida choralarni davom ettirishini bildirdi.

DXX uchta hududda 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi. Xususan, ikkita holatda Tojikistondan gashish va opiy olib kelingani aniqlandi.

Samarqandda UNWTO tematik ofisi va Xalqaro turizm akademiyasi ochildi

Samarqand shahrida turizm tashkilotlari va ekspertlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi UNWTO tematik ofisi hamda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi. Muassasa Shveysariya mehmondo‘stlik maktablari tajribasi asosida ishlab chiqilgan.

O‘zbekistonda kiberjinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Senat qo‘mitasida kiberjinoyatlar, xususan, dipfeykka qarshi javobgarlikni kuchaytirish maqsadida Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilishi muhokama qilindi. Noqonuniy mayning faoliyati uchun ham jazo kuchaytiriladi.

Senat qo‘shimchalar kiritilgan “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqadi

Senatning 46-yalpi majlisi 27-oktabr kuni o‘tkaziladi. Unda “Probatsiya to‘g‘risida”gi, “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bolalar ombudsmanini saylash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqolalar:

O‘zbekiston bolalariga kitob tanlovlari bering

O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda bolalar kitoblari bozorida taklif ko‘paymoqda. Yozuvchi Dinara Mo‘minovaning fikricha, bunday sharoitda farzandiga kitob izlayotgan ota-onalar uchun mayoq vazifasini o‘tovchi kitob tanlovlari va tavsiyaviy ro‘yxatlari zarur. Tanlovlar bolalar adabiyotini yanada jonlantirishi mumkin.

Toshkent ortiq odamlar yo mashinalar shahri emas. U — o‘lim shahri

Toshkent endi odamlar yo mashinalar shahri emas, balki o‘lim shahri. Ko‘chada yo‘l harakatining barcha ishtirokchilarini xavf kutadi. Aholi hayotini saqlaydigan poytaxtni qurish vaqti keldi, deb yozadi so‘nggi ikki kunda turli transport vositalarida bir necha YTHlar guvohi va ishtirokchisiga aylangan Sabina Bakayeva.