Toshkentning Sergeli tumanidagi omborxonada sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda “Gazeta.uz”ga bir qancha aholi vakillari, tuman hokimligi hamda Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, portlagan ombor yaqinidagi ko‘p qavatli uyda yashagan 11-sinfda o‘quvchi bola boshiga rom tushib ketishi oqibatida vafot etgan. U tumandagi 305-sonli maktabda o‘qigan.

Qolaversa, Toshkent shahri Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Nodir Sotvoldiyev “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida o‘lim yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etdi.

Mas’ullarning qo‘shimcha qilishicha, hozircha boshqa qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Jarohatlanganlar soni aniq emas, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani bois aniq son aytilmayapti.

Sog‘liqni saqlash vazirligi aniqlik kiritishicha, vafot etgan bola 2006-yilda tug‘ilgan.