22-may kuni Eron poytaxti Tehron shahrida marhum prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati ushbu marosimda mamlakat delegatsiyasi ham ishtirok etishi haqida xabar berdi.

Delegatsiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi cpikeri Nurdinjon Ismoilov boshchilik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, prezident Ibrohim Raisiy vafoti munosabati bilan Eron xalqiga hamdardlik bildirdi. Davlat rahbari hamdardlik kitobiga taskin so‘zlarini yozib qoldirdi.