Davr Bank yangi mobil ilovasi Davr Mobile 2.0 ni taqdim etadi.

Bankning yangi ilovasi foydalanuvchilarining bank tajribasini qulaylik va xavfsizlik jihatdan yangi darajaga ko‘tarish uchun yaratilgan.

Yangi ilova nima uchun ishlab chiqildi?

Mijozlar qoldirgan sharhlariga quloq tutgan bank tushundiki, Davr Mobile yangilanishga muhtoj. Shu sababdan foydalanuvchilar uchun yanada osonroq, ko‘proq funksiyalarni taklif qiladigan va xavfsizlikni maksimal darajada ta’minlaydigan ilova yaratishga qaror qilindi.

Davr Mobile 2.0 ilovasi nimalarga qodir?

Davr Mobile 2.0 ilovasi smartfoningiz orqali to‘liq bank xizmatlarini, yangi, yangilangan funksional va dizayn, shuningdek, hisoblarni qulay boshqarishni taklif etadi.

Balansni, hisobotlarni va tranzaksiyalar tarixini real vaqt rejimida kuzatib borish mumkin. Har oyning oxirida pullar qayerga ketayotganini aniq bilish uchun hisobotlarni PDF formatida shakllantirish mumkin.

davr bank, реклама

Davr Bank ilovasi afzaliklari:

  • tezkor va oddiy o‘tkazmalar: o‘z hisoblaringiz o‘rtasida, boshqa Davr Bank mijozlariga hamda O‘zbekistonning boshqa banklariga ham pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
  • to‘lovlarni qiyinchiliklarsiz to‘lash: kommunal xizmatlar, telefon hisoblari va boshqa to‘lovlarni uydan chiqmasdan amalga oshirish;
  • yuqori xavfsizlik: bank ilovada mijoznig pullari va shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish uchun zamonaviy xavfsizlik choralari, jumladan, biometrik autentifikatsiya va ikki bosqichli avtorizatsiyadan foydalanadi;
  • mikroqarzlar, kreditlar va omonatlar — bularning barchasini Davr Mobile 2.0 ilovasida rasmiylashtirish va omonatdagi daromadlarni kuzatib borish mumkin.
  • davr bank, реклама

“Davr Mobile 2.0 — bu IT jamoasining bir necha oylik tinimsiz mehnati natijasidir. Biz ishonamizki, mijozlarimiz yangi ilovaning qulayligi va funksionalligiga o‘zlari baho berishadi. Sababi bu ilovaga mijozlarning sarmoyasini va shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish maqsadida innovatsion xavfsizlik texnologiyalari joriy etilgan. Biz zarur funksiyalarga tez va oson kirishni ta’minlash maqsadida interfeysni soddalashtirdik va bank bo‘limini mobil ilovamizga “ko‘chirib o‘tkazish”ga harakat qildik”, — dedi Davr Bank marketing bo‘limi boshlig‘i An Aleksandr.

Davr Mobile 2.0 ilovasining taqdimoti

Davr Bank mobil bankingni qulaylik, xavfsizlik va innovatsiyalarning yangi darajasiga ko‘taruvchi Davr Mobile 2.0 yangi mobil ilovasining taqdimotini o‘tkazdi.

davr bank, реклама

Taqdimotda nimalar bo‘lib o‘tdi?

Avvalo, Davr Mobile 2.0 yangi mobil ilovasini ishlab chiqishdagi asosiy maqsad oshkor etildi.

davr bank, реклама

Bank boshqaruv raisining o‘rinbosari Samarjon Nazarov moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishda raqamlashtirishning ahamiyatini ta’kidlab, tabrik so‘zi bilan chiqish qildi.

Shohrux Ayubov Davr Mobile 2.0 ilovasining maqsadlari va qadriyatlari haqida so‘zlab berdi. U ilovaning zamonaviy foydalanuvchilar uchun noodatiy va bevosita zaruratga aylantira oladigan asosiy xususiyatlarini yoritib berdi.

Bank boshqaruv raisining o‘rinbosari Samarjon Nazarov Davr Bank`dagi yangiliklar va raqamlashtirish sohasidagi yutuqlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, u bank mijozlariga qulay va zamonaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha doimiy harakatda ekanini ta’kidladi.

davr bank, реклама

Rasmiy taqdimot tugagandan so‘ng, mehmonlar taqdimotda tavsiflangan ilova funksiyalarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish va interaktiv infokiosklar orqali ilova bilan tanishish, shuningdek, ilovani ishlab chiqqan mutaxassislar va bank xodimlaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

davr bank, реклама

“Yangi mobil ilovani ishga tushirish — bu bankimizning dinamik rivojlanayotgan tarixidagi muhim qadam bo‘lib, yangiliklarga intilishimiz va raqamli liderlikka erishish yo‘limizdagi yangi bosqichdir”, — deya o‘rtoqlashdi Samarjon Nazarov.

Ilovani qayerdan yuklab olish mumkin?

Davr Mobile 2.0 ilovasini havola orqali yuklab olish mumkin.

Davr Bank mijozlarga innovatsion va qulay moliyaviy xizmatlar taqdim etishga intiladi. Davr Bank vakillari umid qiladiki, Davr Mobile 2.0 kutilganidan ham yaxshiroq bo‘ladi va moliya boshqaruvi avvalgidan ham osonlashadi.

Telefon: 1284.

Sayt: davrbank
Facebook: fb.com/davrbankuz
Instagram: @davrbankuz
Telegram: t.me/davrbankuz

Reklama huquqlari asosida.