Qibray tumani “May” MFY hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 6 gektar yer maydonida maishiy chiqindi poligoni quriladi. Bu haqdagi qarorni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev imzoladi.

Mazkur hududda joylashgan muhandislik tarmoqlarini ko‘chirish yoki muhofaza hududini saqlab qolish amalga oshiriladi.

Ajratilgan yer maydonidagi maishiy chiqindi poligonida sanitariya-ekologiya, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, belgilangan muddatda rekultivatsiya qilib faoliyatini tugatishi belgilandi.