Dorilardan vafot etgan o‘nlab bolalar xotirasi uchun motam e’lon qilinishi kerak

65 bolaning doridan vafot etishi — umummilliy fojia. Kuchli va g‘amxo‘r davlat xatolarni tan olib, bunday fojia takrorlanmasligi uchun xulosalar chiqaradi. Halok bo‘lgan bolalar xotirasi va ularning yaqinlarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonda motam e’lon qilinishi zarur. “Gazeta.uz” nuqtai nazari.

“Dok-1 Maks” ishi: Hindistonlik tadbirkor yana bir yaroqsiz doriga ruxsat olish uchun $33 ming berganini tan oldi

Chorshanba kuni “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda ayblanuvchi xindistonlik tadbirkor yaroqsiz va hujjatlari shubhali “Kuraraks” dorisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari uchun mas’ul davlat tashkilotida ishlovchi amaldorga 33 ming dollar berganini tan oldi.

O‘zbekiston qayerdan tashqi qarz olgan va qaysi sohalarga sarflagan?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2022-yil uchun davlat qarzi bo‘yicha sharhida mamlakat yil davomida qaysi tashkilotlardan qancha tashqi qarz olgani va qaysi sohalarga yo‘naltirgani bo‘yicha ma’lumot berdi. Yil davomida O‘zbekiston nomidan umumiy qiymati 4,49 mlrd dollarlik 23 ta tashqi qarz bitimi imzolangan.

2022-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMga nisbatan 36,4 foizgacha pasaydi

O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2023-yil 1-yanvar holatiga 29,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. Qarz 2022-yilda 2,9 mlrd dollarga oshgan bo‘lsa-da, YAIM 11,1 mlrd dollarga o‘sgani tufayli davlat qarzining YAIMga nisbati pasaygan.

Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi

Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi. U davlat rahbarining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi

O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi davlat rahbarining farmoni bilan Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilgani haqida xabar berdi. Avvalroq PAda kadrlar o‘zgarishi haqida xabar berilgandi.

Sunnatilla Bekenov Prezident administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ozod etildi

Sunnatilla Bekenov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ketdi. U mazkur lavozimda 2022-yildan beri ishlab kelayotgandi.

1-yanvardan qoida buzgani uchun ushlangan mashinalarning hisobi “Jarima maydonchasi” tizimi orqali yuritiladi

2024-yildan boshlab qoidani buzgani uchun ushlangan transportlar “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali to‘xtash joylariga olib kelinib, ularning hisobini yuritiladi. Jarima maydonchasi va huquqbuzarlik uchun jarimalar uchun to‘lov elektron amalga oshiriladi.

“Toshkent-Sharqiy” aeroporti hududi 130 gektarga qisqartiriladi

Loyiha bo‘yicha umumiy maydoni 693 gektarni tashkil etgan “Toshkent-Sharqiy” aeroporti 130 gektarga qisqartiriladi. Buning evaziga uni saqlab turish xarajatlari kamayishi reja qilinmoqda. 25 ta samolyotni sig‘diruvchi aeroportda hozirda 4 km uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurib bitkazilgan.

Abituriyentlarning salkam yarmi o‘tish balini to‘plolmadi, 60 mingga yaqini imtihonlarda qatnashmadi

2023-yilda 888 ming 472 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashdi, ularning 439 ming 337 nafari (49,4%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmadi. Shuningdek, 60 mingga yaqin nomzod kirish imtihonida ishtirok etmadi.

Qashqadaryoda egizak tuqqan 19 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

Qashqadaryo viloyatida 19 yoshli ayol egizak farzand tuqqanidan so‘ng 8 kun o‘tib, ahvoli yomonlashib, reanimatsion davo tadbirlariga qaramasdan vafot etdi.

Yarim yil ichida Toshkent shahri va 4 ta viloyat deputatlar kengashlarining bironta sessiyasi jonli efirga uzatilmadi

Prezident farmonida belgilanganiga qaramay, 2022-yilning birinchi yarmida Xorazm, Jizzax, Namangan, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari o‘tkazgan birorta sessiya jonli efirga uzatilmadi. Tuman va shahar kengashlari o‘tkazgan sessiyalarning 24 foizi jonli efirda namoyish etilgan.

Nukusda metan “zapravka” 3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Nukusdagi metan “zapravka” 19 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’moliga teng gazdan noqonuniy foydalanib, 3,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi.