O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh shaxslarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi.

“Do‘stlik” ordeni

  1. Allaberganov Bekman — Amudaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  2. Altunina Larisa Mixaylovna — O‘zbekiston rus milliy madaniy markazining Olmaliq shahar bo‘limi raisi, Toshkent viloyati
  3. Bayjanov Yaxshibay Abadovich — “Tuyamo‘yin gidroelektrostansiyasi” unitar korxonasining turbina sexi elektrogaz payvandchisi, Xorazm viloyati
  4. Balayeva Sevil Alislam kizi — Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazining Navoiy viloyati bo‘limi raisi
  5. Dovgun Oksana Ivanovna — “Slavutich” Respublika ukrain milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari
  6. Duras Eleni Anastasios — Toshkent shahar grek madaniyati jamiyati boshqaruv kengashi a’zosi
  7. Yembergenova Gulnara Sabirbayevna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Orol oltin merosi” jamoat birlashmasi rahbari
  8. Isxakov Abram Borisovich — Buxoro yahudiylari jamiyati raisi, Buxoro viloyati
  9. Kapadze Taxir Vasilevich — Farg‘ona viloyati turk milliy madaniy markazi raisi
  10. Karipova Raliya Talgatovna — Toshkent shahar boshqird milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a’zosi
  11. Kravchenya Gennadiy Nikolayevich — Termiz shahridagi “Geniy-Termiz” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Surxondaryo viloyati
  12. Markaryan Garik Muradovich — Samarqand shahar “Luys” arman milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a’zosi
  13. Maxkamova Riskiniso Zoidovna — Chust tumanidagi “Andalus agro dunyo” fermer xo‘jaligi pillachisi, Namangan viloyati
  14. Maxmudov Erkin Kasimovich — O‘zbekiston uyg‘ur milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari
  15. Nazarova Bozor — Respublika tojik milliy madaniy markazining Jizzax viloyati bo‘limi a’zosi
  16. Olloberdiyev Muqumboy Mavlonovich — Qashqadaryo viloyati arab milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a’zosi
  17. Razmadze Vladimir Georgiyevich — “Megobroba” Toshkent shahar gruzin madaniyat markazi boshqaruv kengashi a’zosi
  18. Smesova Yekaterina Aleksandrovna — O‘zbekiston rus milliy madaniy markazining Andijon viloyati bo‘limi raisi o‘rinbosari
  19. Topchiyev Jamolidin Sotiboldiyevich — Xonobod shahridagi “Xidirsha” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati
  20. Fazilova Klara Bayburiyevna — O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazining Sirdaryo viloyati bo‘limi raisi
  21. Xan Margarita Lyurevna — O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining “Koryo” ansambli badiiy rahbari.

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” orden

Kogay Marina Aleksandrovna — O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi raisi.

“Shuhrat” medali

  1. Daukayeva Ilvira Gamirovna — Bektemir tumanidagi 30-bolalar musiqa va san’at maktabining aktyorlik mahorati bo‘yicha o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  2. Lopatin Sergey Mixaylovich — “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining asosiy ishlab chiqarish sexi mexanigi, Buxoro viloyati
  3. Xutova Kulina Mudalifovna — Zafarobod tumanidagi “Chimqo‘rg‘on” qishloq fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar faoli, Jizzax viloyati
  4. Ergasheva Maxbuba Xotambekovna — Samarqand davlat universitetining falsafa va milliy g‘oya kafedrasi dotsenti, Samarqand viloyati.