“Surxon” davlat qo‘riqxonasida noyob turdagi morxo‘r va Buxoro tog‘ qo‘ylarining birgalikda yurgan kadrlari fotoqopqonga tushib qoldi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi videoni o‘zining Telegram kanaliga joyladi.

Ushbu noyob jonivorlarning ikkisi ham Qizil kitobga hamda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining ro‘yxatiga kiritilgan.

Ular yo‘qolib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur hisoblanadi. Hozirda qo‘riqxonada 100 boshga yaqin Buxoro tog‘ qo‘yi hamda 600 boshdan ziyod morxo‘r doimiy muhofazaga olingan.