Alif kompaniyasi dastlabki uch oyda 1 mlrd so‘mlik aylanmaga komissiyasiz ekvayringni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu davrdan so‘ng komissiya 1% ni tashkil qiladi. Kompaniya shu tarzda O‘zbekistonda elektron tijorat va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash niyatida.

Yechim xizmatlar ko‘rsatuvchi yoki savdo qiluvchi ko‘pgina saytlar va mobil ilovalar uchun mos keladi:

  • onlayn-do‘konlar;
  • marketpleyslar;
  • professional xizmatlar;
  • obuna xizmatlari;
  • ta’lim loyihalari.

Xaridorlar saytda “To‘lash” tugmasini bosishganida ular avtomatik ravishda karta ma’lumotlarini kiritish sahifasiga o‘tishadi. Pul mablag‘lari muvaffaqiyatli yechib olingandan so‘ng, pul bir ish kuni ichida mijozning hisob raqamiga o‘tkaziladi.

alif pay, реклама

Alif ekvayringi yordamida to‘lovlarni qabul qilish orqali tadbirkorlar o‘z mijozlariga to‘lov xizmatlari uchun qo‘shimcha ilovalarni yuklab olish zaruratisiz saytda yoki mobil ilovada to‘g‘ridan-to‘g‘ri Uzcard, Humo va kobeyjing kartalari orqali to‘lash imkoniyatini taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

alif pay, реклама

Agar kompaniya sayti texnik jihatdan integratsiyaga tayyor bo‘lsa, Alif uni bir kun ichida tizimga ulash imkoniyati mavjud.

Alif Pay ekvayringiga ulanish va qo‘shimcha tafsilotlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 90−051−34−36.

Sayt: alifpay.uz/
Telegram: t.me/alifpay_hamkor

Reklama huquqlari asosida.