Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona vodiysiga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga uchib ketdi. Undan so‘ng Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrif buyuradi. Tashrif davomida davlat rahbari hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish rejalashtirilgan.

Prezident — O‘zbekistonda muqobil energiyadan foydalanishni qanday oshirishi haqida

Shavkat Mirziyoyev energiya resurslari taqchilligi sharoitida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni sanab o‘tdi. Davlat aholidan elektr energiyasini bir kVt/soatiga 1000 so‘mdan sotib olishni boshlaydi, issiqxonalar va g‘isht zavodlarini ko‘mirga o‘tkazadi va hokazo.

«Adolatsiz hukm chiqarildi» — Dauletmurat Tajimuratovning ukasi

Nukus voqealari ishi bo‘yicha 16 yilga qamalgan Dauletmurat Tajimuratovning ukasi Rinat Tajimuratov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida sud ishi va apellyatsiya berish rejalari haqida gapirdi. Uning aytishicha, ayblov «to‘liq yutqazdi», akasining aybi va tashqi kuchlarning ehtimoliy ta’sirini isbotlay olmadi.

O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi

1 fevraldan O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi. Bunga qo‘shni mamlakat hududida temir yo‘ldagi texnik ishlar o‘z vaqtida bitmagani sabab bo‘ldi.

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qizning jasadi topildi

Yangihayot tumanida bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi. Mazkur ishda gumonlanuvchi 29 yoshli erkak ushlandi. U marhumaning xonadonida avvalroq ta’mirlash ishlarini amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi.

Poytaxt Oila boshqarmasi ota-onalardan farzandlariga maktabga borib-qaytishda hamrohlik qilishni so‘radi

Toshkent shahri Oila va xotin-qizlar boshqarmasi Yangihayotda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topilganidan so‘ng ota-onalarga murojaat qildi. Boshqarma ulardan farzandlarining maktabga borish-kelishida hamrohlik qilishni hamda doimo aloqada bo‘lishni so‘radi.

Xotin-qizlarga jinsiy zo‘ravonlik holatlari kamaygan, ammo ruhiy va iqtisodiy zo‘ravonlik ortmoqda — senator

Senator Gulnora Marufova O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari kamaygani, ammo ruhiy va iqtisodiy zo‘ravonlik ortganini ma’lum qildi. «Bunda, albatta, qonun bo‘yicha ishlar olib borilyapti, jamiyatimiz ham befarq bo‘lmay, nafrat bilan munosabat bildiryapti», — dedi u.

Rasul Kusherbayev tabiat resurslari vaziri maslahatchisi bo‘ldi

Qonunchilik palatasining sobiq deputati Rasul Kusherbayev O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligida ish boshladi. U vazir Aziz Abduhakimovning maslahatchisi bo‘ladi. Bu lavozim unga prezident administratsiyasi tomonidan taklif qilingan.

Poytaxt Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga vaqtincha boshqaruvchi tayinlandi

Rustam Yusupovga Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi. Bungacha u o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan sobiq rahbar Anvar Umarovning birinchi o‘rinbosari edi.

2 fevraldan barcha hududlardagi «zapravka»lar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi

AGTKSHlar faoliyati mahalliy hokimliklarning ro‘yxati asosida yo‘lga qo‘yiladi. Cheklovlar gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi.

Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi. Endi bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.

Hunarmandchilik va kasanachilikni kengaytirish uchun ajratiladigan kreditlar miqdori oshiriladi

Prezident qarori bilan hunarmandchilik va kasanachilikni kengaytirishga yo‘naltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori amaldagi 225 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshiriladi.

O‘zbekistonda yanvar oyida inflyatsiya 0,8 foizgacha pasaydi. Bu — so‘nggi 3 yildagi eng past ko‘rsatkich

Yanvar oyida O‘zbekistonda oxirgi uch yildagi eng past oylik inflyatsiya qayd etildi — 0,82%. Sut va tuxum narxi oshishi sekinlashdi, shakar va sariyog‘ ketma-ket to‘rtinchi oy arzonladi. Piyoz narxi esa oy davomida — 44,7% ga keskin oshgan.

Poytaxtda yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi, ayrim harakatlar qisqarib, ba’zilari uzaytirildi

Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini yaxshilash maqsadida yangi — 152-sonli avtobus yo‘nalishi tashkil etildi. Shuningdek, 10 dan ortiq yo‘nalish harakatlariga o‘zgartirish kiritilib, qisqartirildi yoki uzaytirildi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida daraxtlarning ildizlariga shikast yetkazildi

O‘tgan yili Chilonzor va Yakkasaroyda ro‘y bergan shov shuvli holatlarga qaramasdan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yana o‘nlab daraxtlar ildizi shikastlantirildi. Aybdorlar jarimaga tortildi.