O‘zbekiston va «Gazprom» o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi» imzolandi

O‘zbekiston Energetika vazirligi va Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi. Bundan bir hafta avval Gazprom Qozog‘iston bilan ham shunday hujjat imzolagan edi.

«Suverenitetimizga qandaydir tahdid yo‘q» — Energetika vazirligi «Gazprom» bilan imzolagan «yo‘l xaritasi» haqida

O‘zbekiston Energetika vazirligi Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi bilan gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha imzolagan «yo‘l xaritasi» bo‘yicha tushuntirish berdi. «Bunda gaz transport tizimi kimgadir berilishi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid umuman yo‘q», — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Turkmanistondan neft sotib oladi

«O‘zbekneftgaz» Turkmanistonning Petronas Çarigali kompaniyasidan neft sotib olishni rejalashtirmoqda.

Buxoroda «Sinepar» siropidan 23 bola vafot etgani rad etildi

SSV Buxoro viloyatida «Sinepar» siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, fuqarolardan shifokor ko‘rsatmasisiz, o‘zboshimchalik bilan dori ichmaslik so‘raldi.

O‘zbekistonda vazirlik va idoralar xodimlarining cheklangan soni 56 573 nafar etib belgilandi

Prezident farmoni bilan vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy soni 56 573 nafar etib cheklandi. Hukumatga bo‘ysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni esa jami 26 ta etib belgilandi.

Birinchi Islom san’ati biyennalesida O‘zbekistonning tarixiy merosi namoyish etildi

Jidda shahridagi Islom san’ati biyennalesida ilk bor XVIII asrga oid «Katta Langar Qur’oni»ning to‘rt sahifasi, XVII asr hadislari to‘plami, Samarqand va Afrosiyobning X-XII asrlarga oid kulolchilik buyumlari va boshqa muzey eksponatlari taqdim etildi.

SSV Toshkent viloyatida kaltaklangan feldsherning ahvoli bo‘yicha ma’lumot berdi

Toshkent tumanida bemorning o‘g‘li chaqiruvga ayol emas, erkak feldsher kelgani uchun xodimni kaltaklagandi. SSV xodimning bosh miya yopiq jarohati va boshqa tashxislar bilan neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgani, uning muolaja olayotganini ma’lum qildi.

Surxondaryodagi o‘rmon xo‘jaligidan yolg‘iz ayiq bolasi topildi

Sariosiyo tumanidagi «Uzun» davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida onasidan ajralib qolgan qo‘ng‘ir ayiq bolasi topildi. Qish mavsumida ozuqa topishi qiyinchiligi va nobud bo‘lishi ehtimoli borligi sababli jonivor xo‘jalik binosida vaqtinchalik saqlanib turibdi.

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 14 foizga tushdi

2022 yil respublikada kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushdi. Bunda hokim yordamchilarining 1 mln nafar aholini kasb-hunarga o‘qitib, ish bilan band qilgani muhim omil bo‘ldi, deyiladi prezident ishtirokidagi videoselektor yig‘ilishida.

O‘zbekistonlik sportchilar boks bo‘yicha chempionatda beshta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 22 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari 10 ta medal — beshta oltin, uchta kumush va ikkita bronzani qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasidagi final 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

WizzAir Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Chipta narxi 45 dollardan boshlanadi

WizzAir aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi — Abu-Dabi-Toshkent-Abu Dabi parvoz yo‘nalishini ochdi. Bu yo‘nalishdagi chiptalar narxi bir tomonga 45 dollardan boshlanadi.

Surxondaryoning 6 ta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

Angor tumaniga Qosim Mardonov, Termiz tumaniga Shuxrat Nazarov, Jarqo‘rg‘on tumaniga Elmurod Avazov, Muzrabot tumaniga Abdurashid Ismailov, Sho‘rchi tumaniga Ulug‘bek Zokirov va Sariosiyo tumaniga Abduqodir Donayev hokim etib tayinlandi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

«Fashistning ishini qilishyapti». Denovda karam, sabzi va piyoz ekilgan dalalarga traktorlar «tashlandi»

Surxondaryoning yangi tayinlangan hokimi Denovda fermerlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda yerlarni paxtaga tayyorlash, shudgor qilish haqida ko‘rsatma bergan. Hokimning topshirig‘i bajaralishi uchun karam, sabzi va piyoz ekilgan dalalar haydalmoqda. Fermerlar bu holatga ochiq norozilik bildirishdan qo‘rqmoqda.