Yangi yil arafasida va undan keyin poytaxtning har bir tumanidagi maydon hamda bog‘larda archalar o‘rnatiladi, deb xabar бермоқда Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 25 dekabrdan 5 yanvargacha poytaxtda bolalar va kattalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Toshkent bayram archalari quyidagi manzillarda o‘rnatiladi:

Yunusobod tumani:

  • shaharning bosh archasi — Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi oldidagi maydonda.

Shayxontohur tumani:

  • “Navro‘z” bog‘i, “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘i yonida;
  • Tashkent city bog‘ida.

Mirzo Ulug‘bek tumani:

  • Central Park (sobiq Telman) bog‘i;
  • “Yangi O‘zbekiston” bog‘i;
  • “Lokomotiv” bog‘ida o‘rnatiladi.

Chilonzor tumani:

  • G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;
  • “Humo Arena” muz saroyi oldidagi maydonda.

Shuningdek, Mirobod tumani Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida, Bektemir tumanida Food City savdo majmuasi oldidagi maydonda, Sergeli tumanida “Markaziy xiyobon” bog‘ida, Yangihayot tumanida Index savdo majmuasi hududida, Olmazor tumanida “Beruniy” metro bekati yaqinidagi maydonda, Uchtepa tumanida “Seul eko” bog‘ida, Yakkasaroy tumanida “NEXT” ko‘ngilochar-savdo markazida, Yashnobod tumanida Ashxobod bog‘i hududida, “Aviasozlar” saroyi oldidagi maydonda o‘rnatiladi.

Yangi yil bayramlari tashkilotchisi — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi hisoblanadi.