O‘zbekistonga 2 oyda 228 ta elektromobil import qilingan, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘tgan yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 5,9 mln dollarga teng bo‘lgan 228 ta elektromobil import qildi. Elektromobillar 2021 yilning mos davriga nisbatan 150 taga ko‘p olib kelingan.

O‘zbekistonga import qilingan eng ko‘p (94,7%) elektromobillar Xitoydan olib kelingan.

Mamlakatga elektromashina import qilgan dalatlar:

  • Xitoy — 216 ta;
  • Gonkong — 5 ta;
  • Germaniya — 3 ta;
  • Estoniya — 2 ta;
  • BAA — 1 ta;
  • Qirg‘iz Respublikasi — 1 ta;

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda O‘zbekistonga qiymati 16,9 mln dollarga teng bo‘lgan 809 ta elektromobil import qilingan edi. 2020 yilda esa mamlakatga 2,9 mln dollar qiymatga ega 131 ta elektromobil olib kelingan.

Mart oyida Moliya vazirligi mamlakat ichida elektromobil xarid qilish va ularni vaqtincha olib kirish uchun to‘lovlarni bekor qilish bo‘yicha taklif kiritgan edi.