Qozog‘iston prezidentining Olmaota shahridagi qarorgohi binosi buziladi. Bu haqda Tengrinews prezident matbuot kotibi Berik Ualiga tayanib xabar berdi.

«Prezident Qasim-Jomart Toqayevning qaroriga ko‘ra, yanvar voqealari vaqtida qaroqchilar va terrorchilar vayron qilgan va yoqib yuborgan prezident Olmaota shahridagi rasmiy qarorgohi buziladi. Uning o‘rnida aholi shahar aholisi uchun sayilgoh barpo etiladi», — deb yozdi Berik Uali o‘zining Facebook`dagi sahifasida.

Qarorgoh 1995 yilda foydalanishga topshirilgan, 2022 yilda esa binoning fasad qismini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan edi.

5 yanvar kuni Olmaotadagi namoyishlarda qatnashganlar shahar hokimligi (akimat) va prezident qarorgohi binosini egallab, ularni yoqib yuborishgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni Qozog‘istonning Mangistau viloyati Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi ikki baravarga (60 tengedan 120 tengega) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqishi bilan boshlangan edi. Shundan keyin, namoyishlar Aktau viloyati markazida ham bo‘lib o‘tdi, so‘ngra Qozog‘istonning boshqa hududlariga, jumladan poytaxt Nur-Sulton shahri va sobiq poytaxt Olmaotaga ham tarqaldi.

22 fevralga kelib, Qozog‘iston ombudsmani mamlakatda ro‘y bergan ommaviy tartibsizliklar sabab hibsga olinganlarning 18 nafarini xorij fuqarolari, shu jumladan 14 nafarini o‘zbekistonlik fuqaro tashkil etganini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston o‘z fuqarolari hibsga olingani sababli Qozog‘istonga nota yubordi.