«olmaota» tegli maqolalar


Olmaota yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi, aholi vahima sabab ko‘chaga chiqdi
4 mart 2024, 15:32

Olmaota yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi, aholi vahima sabab ko‘chaga chiqdi

Olmaota yaqinida 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi, shaharda zilzila kuchi 5 ballni tashkil etdi. Metro faoliyati to‘xtatildi, politsiya kuchaytirilgan ish tartibiga o‘tkazildi. Ko‘plab shaharliklar vahima ichida ko‘chaga chiqdi.

“Odamlar aniq qo‘rqib ketgandi”. Olmaota tungi zilziladan qanday omon qoldi? Guvohning kechinmalari
24 yanvar 2024, 01:31

“Odamlar aniq qo‘rqib ketgandi”. Olmaota tungi zilziladan qanday omon qoldi? Guvohning kechinmalari

Kecha tunda Xitoyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi Olmaotada 5 ballni tashkil qildi. Shahar aholisi vahima ichida ko‘chalarga yugurib chiqdi, yo‘llarda tirbandliklar yuzaga keldi. Olmaotaliklar tunda qanday omon qolgani — “Gazeta.uz” materialida. Biz voqea guvohi bilan suhbatlashdik.

Olmaotada yanvar voqealari qurbonlari xotirasi uchun yodgorlik o‘rnatildi
23 dekabr 2022, 14:43

Olmaotada yanvar voqealari qurbonlari xotirasi uchun yodgorlik o‘rnatildi

Olmaotada yanvar voqealari qurbonlari xotirasi uchun o‘rnatilgan «Tag‘zim» yodgorligi ochildi. Marosimda Qozog‘iston prezidenti qatnashdi. U fojiali hodisalarni doimo yodda tutish lozimligini, shu bois yodgorlik o‘rnatish haqida ko‘rsatma berganini ta’kidladi. Voqealar davomida 238 kishi halok bo‘lgandi.

Dunyoda tartibsiz mashina qo‘yilishiga qarshi qanday kurashilgan va nimaga erishilgan?
4 noyabr 2022, 10:47

Dunyoda tartibsiz mashina qo‘yilishiga qarshi qanday kurashilgan va nimaga erishilgan?

Tartibsiz avtoturargohlarga qarshi kurashish maqsadida noyabrdan Toshkentda pulli to‘xtash joylarini joriy etish rejalashtirilgandi. Shu kabi choralar dunyoning turli shaharlarida haydovchilar qarshiligiga duch kelgan. «Gazeta.uz» uchta shahar — Oklaxoma-Siti, Moskva va Olmaota tajribasi haqida so‘zlab beradi.

Olmaotada pasportlari olib qo‘yilib, tahdid qilingan 10 nafar o‘zbekistonlik qutqarib olindi
4 avgust 2022, 10:35

Olmaotada pasportlari olib qo‘yilib, tahdid qilingan 10 nafar o‘zbekistonlik qutqarib olindi

Olmaotada pasportlari olib qo‘yilib, majburiy mehnatga jalb qilish maqsadida ushlab turilgan 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi.

Qozog‘iston prezidentining Olmaotadagi qarorgohi buziladi
2 mart 2022, 17:15

Qozog‘iston prezidentining Olmaotadagi qarorgohi buziladi

Qozog‘istondagi yanvar voqealari vaqtida namoyishchilar tomonidan vayron qilingan va yoqib yuborilgan Qasim-Jomart Toqayevning Olmaota shahridagi qarorgohi buziladi. Prezident matbuot kotibi Berik Uali uning o‘rnida shahar aholisi uchun sayilgoh barpo etilishini ma’lum qildi.

Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqdi, favqulodda holat joriy qilindi
5 yanvar 2022, 09:14

Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqdi, favqulodda holat joriy qilindi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat hukumatining iste’fosini qabul qildi. Mangistau viloyati va Olmaota shahrida favqulodda holat joriy etildi.

Olmaota shahri va viloyatida karantin choralari kuchaytirildi
17 mart 2021, 10:40

Olmaota shahri va viloyatida karantin choralari kuchaytirildi

Qozog‘istonning Olmaota shahri va viloyatida karantin choralari kuchaytirilmoqda. Viloyat dam olish kunlari to‘liq karantinga olinadi. Hududda koronavirus holatlari darajasi 0,6 foizga o‘sgan, kuniga 99 holat qayd etilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting