Adabiyot yo‘nalishida 2021 yilgi Nobel mukofoti tanzaniyalik yozuvchi Abdulrazoq Gurnaga topshirildi. Bu haqda Shvetsiya qirolligi fanlar akademiyasining Nobel qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita qarorida ta’kidlanishicha, Gurnaga mukofot «kolonializm oqibatlari hamda madaniyatlar va qit’alar oralag‘idagi jarlikdagi qochqinlar taqdiriga murosasiz va rahmdillik bilan kirishgani» uchun berilgan.

Abdulrazoq Gurnaning mashhur asarlari «Jannat» (1994 yil) va «Qochoqlik» (2005) romanlari hisoblanadi. Uning so‘nggi asari «Qabrdagi hayot» 2020 yilda chiqqan. U hozirda Buyuk Britaniyada istiqomat qiladi.

O‘tgan yili amerikalik shoira Luiza Glyuk ushbu yo‘nalishda Nobel mukofoti sohibasi bo‘lgan edi.

Nobel haftaligi 4 oktabr kuni boshlanib, oldinroq tibbiyot, fizika va kimyo bo‘yicha sovrindorlar e’lon qilingan edi.