Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 5,6% ga va 2020 yilda 6% ga o‘sishini kutmoqda. Shuningdek, mamlakatda xususiy iste’mol va investitsiyalar hajmi tiklanishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda bankning «Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar» yangi hisobotida aytiladi.

Hisobotda aytilishicha, xizmatlar sohasi, umumiy sanoat, qurilish, va qishloq xo‘jaligi kabi milliy iqtisodiyotning muhim sohalarida bu yil o‘sish kuzatilmoqda. Pandemiyaga qaramasdan mamlakatda bozor islohotlari, shu jumladan davlat korxonalari va banklarni xususiylashtirish davom etmoqda, deyiladi hisobotda.

Markaziy Osiyoda tiklanish jarayoni barcha davlatlarda bir darajada ketmayotgan bo‘lsa-da, mintaqa bo‘yicha umumiy prognoz yaxshi tomonga qayta ko‘rib chiqildi. 2021 va 2022 yillarda mintaqada iqtisodiy o‘sish 4,5% ni tashkil qilishi taxmin qilinmoqda. Bu xom-ashyo narxlarining o‘sishi (bu xom-ashyo eksportchilariga foyda) va xalqaro pul o‘tkazmalarining tiklanishi hisobiga amalga oshadi.

«Aniqlashtirilgan prognozlar optimistik kayfiyatda bo‘lishga undasada, hali hamon COVID-19ning „delta“ shtampi bilan bog‘liq vaziyat kelgusida qanday tus olishi bilan bog‘liq sezilarli mavhumlik saqlanib qolmoqda. Koronavirusning ushbu ko‘rinishi vaksinatsiyada uncha iglarilamagan davlatlar va xalqaro turizmga yuqori darajada bog‘langan iqtisodiyotlar uchun katta xavf tug‘diradi», — deya ta’kidlaydi YeTTBning bosh iqtisodchisi Beata Yavorchik.