O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari bugungi xavf-xatarlarlar ilg‘or xalqaro tajriba asosida samarali sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish naqadar muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatganini alohida ta’kidladi. Pandemiyaga qarshi kurashishda ko‘rsatilgan ko‘mak, shu jumladan aholini emlashda amalga oshirilayotgan samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirildi.

Ustuvor yo‘nalishlarda, shu jumladan onkologiya, gematologiya, virusologiya, nefrologiya, transplantologiya, farmakologiya va boshqa sohalardagi qo‘shma dastur va aniq loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. «Elektron sog‘liqni saqlash» tizimini joriy qilish va telemeditsinani keng rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlash borasidagi yaqin sheriklikni davom ettirish, jumladan, Toshkent shahrida Rossiyaning yetakchi N.I.Pirogov nomidagi tibbiyot universiteti filialining faoliyatini tez fursatda tashkil etish, shuningdek, Rossiyaning yetakchi klinikalari negizida vrachlar almashish va ularning malakasini oshirish dasturlarini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Tomonlar tibbiyot xodimlarini tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish, shu jumladan Toshkentda N.I.Pirogov nomidagi Rossiya tibbiyot universiteti filialini ochish, shuningdek, almashinuv dasturlarini kengaytirish va O‘zbekistondagi yetakchi klinikalar bazasida shifokorlar uchun malaka oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.