Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida iyun oyidan ayrim poyezdlarning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, 3-iyundan 129/130-sonli Andijon — Termiz — Andijon yo‘nalishida haftaning har dushanba va seshanba kunlari qo‘shimcha qatnov bo‘ladi. Harakat vaqti: Andijon 16:24 — Termiz 12:55; Termiz 15:25 — Andijon 13:49.

3-iyundan 94/93-sonli Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida haftaning har dushanba va yakshanba kunlari qo‘shimcha poyezdlar qatnaydi. Harakat vaqti: Toshkent 06:07 — Andijon 13:17.

6-iyundan esa 128/127-sonli Andijon — Namangan — Samarqand — Buxoro — Qo‘ng‘irot — Andijon yo‘nalishida esa haftaning har payshanba va shanba kunlari qo‘shimcha qatnovlar bajariladi. Harakat vaqti: Andijon 19:42 — Qo‘ng‘irot 22:37.