Yaponiyalik mutaxassislar yangi iPhone 12 tannarxini hisoblashdi. Faqat smartfon tarkibiy qismlarini hisobga olganda, uning tannarxi 373 dollarni tashkil etdi.

Smartfonning eng qimmat qismlari:

  • OLED matritsasi — 70 dollar;
  • Apple A14 Bionic chipseti — 40 dollar;
  • Samsung’ning flesh xotirasi — 19 dollar.

iPhone 12 Pro tannarxi oddiy versiyasidan 33 dollarga qimmatroq chiqib, 406 dollarni tashkil etdi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, smartfon reklama, izlanishlar va logistika xarajatlari tufayli yuqori narxga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni Apple kompaniyasi Apple Event onlayn taqdimotini o‘tkazdi. Taqdimotda HomePod mini portativ «aqlli» karnayi, iPhone 12, iPhone 12 mini va iPhone 12 Pro smartfonlari namoyish etildi.

Smartfon narxlari narxlari quyidagicha belgilangan edi: iPhone 12 mini — 699 dollar; iPhone 12 — 799 dollar; iPhone 12 Pro — 999 dollar; iPhone 12 Pro Max — 1099 dollar.