Hashar week «Axlatingiz bilan yordam bering» tashabbusini ilgari surdi. Bu haqda tashkilotchilar «Gazete.uz»ga xabar berdi.

Toshkent aholisi yettita yig‘ish punktida plastik va qog‘ozni topshirishlari mumkin, ikkilamchi xom ashyoni yetkazib berishdan tushadigan barcha mablag‘lar muhtojlarga oziq-ovqat va dori-darmon sotib olishga sarflanadi.

Qayta ishlashga yaroqli materiallar sifatida ichimlik, yog‘ idishlari, kosmetika va maishiy kimyo idishlari, shuningdek qutilar va «korobka» kartonlari, kitoblar, gazetalar, jurnallar, ish qog‘ozlari, daftarlar, bloknotlar, qog‘oz qadoqlar va varaqalar (flayer) qabul qilinadi. Qayta ishlanadigan materiallar axlatlardan holi, quruq va siqilgan bo‘lishi kerak.

Loyihada ishtirok etish uchun siz ekopasport olishingiz va chiqindilaringizni saralashni boshlashingiz kerak. Buni qanday qilish kerakligi haqida quyidagi eslatmada (rus tilida) tushuntirilgan.

Loyiha haqida eslatma. Manba: Hashar week

Tashabbusning asosiy maqsadi — alohida yig‘ish amaliyotini joriy etish orqali aholining ekologik madaniyatini oshirishdir, deya ta’kidlashdi tashkilotchilar.

Tashabbuskorlar ta’kidlaganidek, loyihaning birinchi oyida aholi 100 kg plastik va 200 kg qog‘oz topshirdi. Ulardan tushgan mablag‘ evaziga beshta kambag‘al oila bir martalik oziq-ovqat bilan ta’minlandi.

Qayta ishlanadigan materiallar uchun Hashar week yig‘ish punktlari quyidagi manzillarda joylashgan:

  • Mironshoh ko‘chasi, 79 (Erkatoy do‘koni ortida);
  • Said Baraka ko‘chasi, 12 («Savdogarbank» yonida);
  • Said Baraka ko‘chasi, 3 (IIBB poliklinikasi oldida);
  • Shimkent ko‘chasi, 8 (Bon! qahvaxonasi to‘g‘risida);
  • Buyuk Turon ko‘chasi, 73 (Markaziy univermag (SUM — tahr.) yonidagi kitob do‘konlari ortida);
  • Avliyo ota ko‘chasi (Mirobod bozorining to‘g‘risida);
  • Mirobod ko‘chasi, 37 («Gospitalnыy» mavzesi, 328-sonli maktab ortida, batut markazi yonida).

Ular har kuni soat 18:00 dan 20:00 gacha ishlaydi.