23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida futbol bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Koreya Respublikasidan mag‘lubiyatga uchradi. 15 yanvar kuni Tailandda bo‘lib o‘tgan o‘yin 1: 2 hisobida yakunlandi.

5-daqiqada Janubiy Koreya milliy terma jamoasi hujumchisi O Se Xun jarima maydonchasi tashqarisidan gol urdi. O‘zbekiston 21-daqiqada hisobni tenglashtirdi — hujumchi Bobur Abduxoliqov to‘pni boshi bilan darvozaning uzoq burchagiga yo‘lladi.

Ikkinchi bo‘limda O Se Xun jarima maydonchasi tashqarisidan Abduvohid Ne’matov darvozasiga zarba yo‘llab dubl qayd etdi.

Mag‘lubiyatga qaramay, serbiyalik mutaxassis Lyubinko Drulovich shogirdlari turnir chorak finaliga chiqdi. Parallel kechgan bahsda Eron Xitoyni mag‘lub etdi (1:0), ammo kiritilgan gollar va o‘tkazib yuborilgan gollar farqi bo‘yicha O‘zbekiston Eron jamoasidan ustun bo‘ldi.

Video

Foto

Foto: O‘FA matbuot xizmati.


Foto: the-afc.com.