24-iyunga o‘tar kechasi Moskvaga qarshi “adolat marshini” boshlagan Vagner XHK rahbari Yevgeniy Prigojin o‘z kolonnalarini ortga — dala lagerlariga qaytarishga qaror qildi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazib, vaziyatni yumshatish bo‘yicha kelishib olgani ma’lum qilindi.
Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatda unga Rossiyadagi vaziyat haqida gapirib berdi. Rossiya prezidenti Qozog‘iston va Belarus rahbarlari bilan ham qo‘ng‘iroqlashgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirdi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni Rossiya va Ukrainaning chegaradosh hududlariga sayohat qilmaslik, odamlar gavjum joylarga bormaslik, shuningdek, “Rossiya hududida amaldagi jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish”ga chaqirdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vagner XHK rahbari Yevgeniy Prigojinning isyoni fonida qilgan murojaatida “orqadan pichoq urish” va “xiyonat” haqida gapirdi. U Rostovdagi “og‘ir vaziyat”ni qayd etib, isyon tashkilotchilari “muqarrar jazoga tortilishini” bildirdi.
Vagner XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya qurolli kuchlari XHK lageriga zarba berganini bildirib, rus armiyasi rahbariyatiga qarshi qo‘zg‘olon boshlanganini ta’kidladi. XHK Rostov va Voronejdagi harbiy obyektlarni egallab olganini aytmoqda. Moskva aksilterror choralari o‘tkazilishini e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting