“O‘zavtosanoat” va Xitoyning BYD Auto kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarini to‘liq siklda ishlab chiqarishni tashkil etishga kelishib oldi. Kelgusida dvigatellar, elektromotorlar va akkumulyatorlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Avvalroq tomonlar O‘zbekiston bozori o‘rganilayotgani haqida xabar bergan edi.
Prezident dushanba kungi yig‘ilishda UzAuto Motors avtomobillari uchun oldindan to‘lov 85 foizdan 50 foizgacha kamaytirilishini ma’lum qildi. «O‘zavtosanoat»ga 1 mayga qadar avtomobil xarididagi navbatlarni to‘liq bartaraf etish topshirig‘i berildi. Avvalroq, «Gazeta.uz» deputat Rasul Kusherbayev bilan ayni shu mavzudagi intervyuni e’lon qilgandi.
12 dekabr kuni Moskva viloyati hududida UzAuto Motors avtomobillarni mijozga yetkazayotgan avtotreylerda yong‘in chiqdi. Alanga avtotreyler kabinasidan avtomobillar yuklangan treylerga tarqalgan. Natijada 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar ko‘rgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
«Chevrolet Onix» mashinasining O‘zbekistondagi narxi 9−12 ming AQSH dollarini tashkil etmoqda. Ushbu model 2022 yilning 4 chorak yakunida lokalizatsiya qilinadi.
Uzauto Motors kompaniyasi 2020 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida davlat byudjetiga 582,6 mlrd so‘m yig‘imni to‘lamagan. 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab joriy qilingan ushbu yig‘im avtomashinalar narxiga kiritilgan, natijada ushbu yig‘im xaridorlar hisobidan undiriladi.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 217 mingdan ortiq yengil hamda 2936 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan. Umumiy hajmda eng ko‘p Cobalt va Nexia avtomobillari ishlab chiqarildi.
2019 yil yakuni bo‘yicha UzAuto Motors kompaniyasining sof daromadi 2,6 trillion so‘mdan oshdi. Kompaniya rahbari vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabovning vakolat muddati uzaytirildi.
O‘zbekistonda avgust oyida 7301 dona, yil davomida esa 52202 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 144,9 foizlik o‘sish qayd etildi.
Aholining tibbiy yordamga o‘sgan ehtiyojini qondirish maqsadida UzAuto 27 ta ISUZU D-Max va 250 dona Chevrolet Damas avtomobillari bazasida maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam avtomobillari taqdim etdi. Shuningdek, Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinasi keyingi haftadan yetkazib beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting