O‘zbekistonda avgust oyida 7301 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 82 taga ko‘p, deya xabar берди O‘zA.

Yil boshidan beri, ya’ni 8 oy davomida esa jami 52202 ta Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 144,9 foizlik o‘sish qayd etildi.

Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida yanvar-avgust oylarida 46904 ta Nexia T-250 (93,6 foiz), 35150 ta Lacetti-Gentra (127,9 foiz), 35322 ta Damas (110,2 foiz), 18275 ta Spark (128,6 foiz) va 5327 ta Labo (105,7 foiz) avtomobillari ishlab chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida ham Cobalt avtomobili O‘zbekistonda eng ko‘p ishlab chiqarilgani haqida xabar bergan edik.