8 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Urganchda olim Muhammad al-Xorazmiyga yangi yodgorlik o‘rnatish loyihasi bilan tanishdi, dey xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Yodgorlik uchun chizmalar O‘zbekiston badiiy akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda saralab olingan. Yodgorlik yonida xiyobon tashkil etish ham rejalashtirilgan. «O‘zbekiston 24» telekanali ushbu yodgorlikning joylashtirilgan joyini namoyish etdi.

Joylashuvning birinchi varianti al-Xorazmiy ko‘chasi, o‘tmishda al-Xorazmiy yodgorligi turgan joyning qarshisida hudud (xarita);

Ikkinchi variant — Urganch aeroporti yaqinida joylashgan al-Xorazmiy yodgorlik majmuasi yaqinidagi maydon (xarita);

Uchinchi variant — Shovot kanali qirg‘og‘idagi shu nomdagi bog‘da Jaloladdin Manguberdi haykali joylashgan hudud (xarita).

Hozir Manguberdi yodgorligining (yuqoridagi rasmda) taqdiri kanalning narigi tomonida — shaharning asosiy maydonida Jaloliddin Manguberdi yodgorligining o‘rnatilishi rejalashtirilganligi sababli noma’lum bo‘lib turibdi.


Shuningdek, Xorazm viloyati hokimligi binosi oldidagi ushbu maydonda joylashgan al-Xorazmiy haykali o‘z joyida qoladimi-yo‘qmi — bu haqida ham ma’lumot yo‘q. Hozirda bu yerda avtomobil туннелининг qurilishi davom etmoqda. Bu viloyat markazining asosiy maydoni ostidagi mamlakatdagi birinchi tunnel bo‘ladi.