Ma’lumotga ko‘ra, Urganch tumanining «Begovot» qishlog‘i, «Qo‘ng‘irot» mahallasida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexida yashirin yo‘llar bilan, tabiiy gaz hisoblagichisiz, yuqori bosimli gaz tarmog‘iga D-50 mm bo‘lgan polietilen quvur yordamida noqonuniy ulangan. U yerda 10 dona qo‘lbola yondirgichdan foydalangan holda ohak pishirilayotganligi aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur ohak ishlab chiqarish sexi 2020 yilning qish mavsumida kafolatlanmagan iste’molchi sifatida tabiiy gaz ta’minotidan uzilgan.

Xozirda mazkur iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘idan ajratildi va gaz ta’minoti tashkilotiga yetkazilgan zarar miqdori 1,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.