«tergov» tegli maqolalar


Turkiya zilziladan keyin 612 kishiga nisbatan tergov boshladi
26 fevral 2023, 16:54

Turkiya zilziladan keyin 612 kishiga nisbatan tergov boshladi

Turkiya hukumati zilzilalar oqibatida binolarning qulashiga aloqador pudratchilar, ish boshqaruvchilar va boshqalardan iborat 612 nafar kishiga nisbatan tergov boshladi. Vayron bo‘lgan binolarning ko‘pchiligi sifatsiz materiallar va usullardan foydalangan holda qurilgani aytilmoqda.

Bloger Abduqodir Mo‘minovning tergov vaqtida vafot etgani rad etildi
22 fevral 2023, 12:00

Bloger Abduqodir Mo‘minovning tergov vaqtida vafot etgani rad etildi

Bosh prokuror matbuot kotibi «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, bloger Abduqodir Mo‘minovning tergov paytida vafot etgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, «u tirik va sog‘lom». Blogerning sobiq advokati ham tergovchi bilan gaplashgani va Mo‘minovning sog‘-salomatligini tasdiqladi.

Qashqadaryo va Sirdaryoda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22 fevral 2023, 11:16

Qashqadaryo va Sirdaryoda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

DXX tezkor tadbir o‘tkazib, Qashqadaryoda jami 99 gektar yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbarlari va xodimini qo‘lga oldi. Sirdaryoda ham muqaddam sudlangan shaxs bog‘ yaratish uchun berilgan yerni 30 ming dollarga sotmoqchiligi ma’lum bo‘ldi. Hozir ushbu shaxslarga jinoyat ishi ochildi.

Tintuv, telefon suhbatini tinglash va mulkni xatlash uchun sanksiyalar sudga o‘tkaziladi. Bu haqda 5 yil oldin ham gapirilgandi
20 dekabr 2022, 13:10

Tintuv, telefon suhbatini tinglash va mulkni xatlash uchun sanksiyalar sudga o‘tkaziladi. Bu haqda 5 yil oldin ham gapirilgandi

Prezident tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko‘rib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar berilishini aytdi.

Nukusdagi voqealar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
4 iyul 2022, 13:57

Nukusdagi voqealar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Nukusdagi namoyishlar fakti bo‘yicha O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov vaqtida shaxs qiynoqqa solinsa, unga yetkazilgan zararni davlat to‘lab beradi
30 mart 2022, 11:32

Tergov vaqtida shaxs qiynoqqa solinsa, unga yetkazilgan zararni davlat to‘lab beradi

Tergov va surishtiruv vaqtida shaxsga nisbatan har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy muomala hamda jazo turlarini qo‘llash natijasida yetkazilgan zararni davlat to‘lab beradi. Fuqarolik kodeksiga bu borada tegishli qo‘shimcha kiritildi.

Ishni sudga qadar yuritishda yagona tergov axborot tizimi joriy etiladi
31 yanvar 2022, 09:11

Ishni sudga qadar yuritishda yagona tergov axborot tizimi joriy etiladi

Prezident qarori bilan 1 maydan surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini raqamlashtirish va ishni sudga qadar yuritish bo‘yicha «Elektron surishtiruv va dastlabki tergov» axborot tizimi joriy etiladi. Tizimdagi jismoniy va yuridik shaxslarga oid ma’lumotlar surishtiruv va tergov organlarining so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi.

Samarqandda bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchisining kaltaklanishi bo‘yicha prokuratura tekshiruvi boshlandi
18 yanvar 2021, 15:44

Samarqandda bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchisining kaltaklanishi bo‘yicha prokuratura tekshiruvi boshlandi

Samarqand viloyatidagi MTM mudirasi bolani kaltaklayotgani aks etgan videolavha bo‘yicha tergov ishlari boshlandi. Mudiraning izoh berishiga ko‘ra, u bola haqoratli so‘zlarni aytgani uchun qiziqqonlik qilgan.

Sud-tergov jarayonida shaxsiy huquq va erkinliklar kafolati kuchaytiriladi
11 avgust 2020, 13:22

Sud-tergov jarayonida shaxsiy huquq va erkinliklar kafolati kuchaytiriladi

Prezident sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatda, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan fuqarolarni qiynash, ularga nisbatan shafqatsiz va kamsituvchi muomalada bo‘lish, ushlangan shaxsning huquqlarini poymol qilishning oldini olishga alohida urg‘u qaratildi.

«Sardoba» suv ombori to‘g‘onining o‘pirilish sabablari aniqlandi
27 iyul 2020, 15:51

«Sardoba» suv ombori to‘g‘onining o‘pirilish sabablari aniqlandi

Soxa mutaxassislaridan iborat 30 kishilik komissiya tekshiruvidan so‘ng «Sardoba» suv ombori to‘g‘onining o‘pirilish sabablari aniqlandi. Loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida qatnashgan 9 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilib, qamoqqa olingan. Hozirda qurilishga sarflangan mablag‘larning asosliligi o‘rganilmoqda. Dastlabki tergov muddati 5 oyga uzaytirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting