Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida noqonuniy yer sotilishi holatlarini aniqlandi. Bu DXX, IIB va departament o‘tkazgan tezkor tadbirlarda ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi rahbari 2011 yil tuman hokimligi tomonidan mazkur xo‘jalikka 49 yilga ijaraga berilgan 50 gektar yerni mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan. Buning evaziga 1 mlrd 200 mln so‘m talab qilib, oldindan 590 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

дхх, jinoyat кодекси, ииб, иқтисодий jinoyatларга қарши кuрашish departamentи, noqonuniy yer сотish, сирдарё, тyerгов, қашқадарё

Kasbi tumanidagi muqaddam sudlangan fermer xo‘jaligi rahbari tanishi bilan kelishib, u bilan birga mazkur xo‘jalikning paxta va g‘alla yetishtirishga mo‘ljallangan 35 gektar yer maydonini 1 mlrd 200 mln so‘mga sotishga kelishgan. Buning uchun oldindan 380 mln so‘m olgan vaqtlarida davlat organlari xodilari tomonidan ushlandi.

дхх, jinoyat кодекси, ииб, иқтисодий jinoyatларга қарши кuрашish departamentи, noqonuniy yer сотish, сирдарё, тyerгов, қашқадарё

Tumanda qayd etilgan yana bir holatda fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi mazkur xo‘jalik rahbarining ishonchini suiiste’mol qilib, 14 gektar yer maydonini 130 mln so‘mga sotgani aniqlandi. Shuningdek, ushbu yerni xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni ba’da qilgan tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi 5 mln so‘m olgani aniqlanib, qo‘lga tushdi.

дхх, jinoyat кодекси, ииб, иқтисодий jinoyatларга қарши кuрашish departamentи, noqonuniy yer сотish, сирдарё, тyerгов, қашқадарё

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida yashovchi muqaddam bir-necha marotaba sudlangan shaxsga 2021 yilda hokim qarori bilan tomchilatib sug‘orish usuli bilan intensiv bog‘ tashkil etishi uchun 4,5 gektar yer ajratilgan. U yerni xaridorda 30 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan. Evaziga oldindan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

дхх, jinoyat кодекси, ииб, иқтисодий jinoyatларга қарши кuрашish departamentи, noqonuniy yer сотish, сирдарё, тyerгов, қашқадарё

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddari asosida jinoyat ishi ochildi. Tergov davom etyapti.