«temir daftar» tegli maqolalar


14 iyul 2021, 12:03

Avgustda «Temir daftar»dagi oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga 500 ming so‘mdan beriladi

Prezident farmoni bilan, avgust oyida «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandlari uchun 500 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, farmon bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa qator choralar e’lon qilindi.

1 iyul 2021, 12:11

Yosh oilalarga uy-joy sotib olish uchun byudjetdan 60 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi

Yosh oilalarga ipoteka dasturi doirasida uy-joy sotib olish uchun 2 mingta kvota ajratilib, byudjetdan 60 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar forumida. Ularning ipoteka kreditini qaytarishga to‘lagan mablag‘lari daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi. Shuningdek, «Daftarlar»ga kirgan oilalarning yangi turmush qurayotgan farzandlariga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy tiklashi uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

20 avgust 2020, 22:44

«Temir daftar» muqobillari — «yoshlar» va «ayollar» daftarlari shakllantiriladi

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda «temir daftar"lar singari, ishsiz yoshlar bo‘yicha alohida («Yoshlar daftari»), ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo‘yicha alohida («Ayollar daftari») ro‘yxatlar shakllantirish topshirildi.

11 avgust 2020, 20:44

Yana 160 mingta oila moddiy yordam oladi

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 160 mingta oila moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatidan («temir daftar») chiqarildi. Ular o‘rniga yana shuncha yangi oila kiritildi va ularga ham bir martalik moddiy yordam to‘lanadi.

7 avgust 2020, 13:02 1

Tanzila Norbayeva «temir daftar»ni shakllantirish va yuritish tizimini tanqid qildi

Senat raisi «temir daftar»ni shakllantirish va yuritish tizimi ayrim hududlarda aholi noroziligiga olib kelayotganini aytib o‘tdi. «Temir daftar» tizimi ochiq, shaffof bo‘lishi va ajratilgan mablag‘larni taqsimlash jarayonida inson omilini maksimal darajada kisqartirishi kerakligi bildirildi. Buning uchun tizimga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish muhimligi qayd etildi.

3 avgust 2020, 15:27

«Temir daftar» nima va u qanday shakllantiriladi

«Temir daftar» o‘zi nima? Unga kimlar kiritiladi? U qanday shakllantiriladi? Ushbu savollarga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva javob berdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting