Yordamga muhtoj barcha oilalar va shaxslarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqildi. Bu 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi loyihasida qayd etilgan.

Unda kam ta’minlangan oilalarning 3 yoshgacha bo‘lgan bolalari uchun oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmonlar berish dasturi qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, loyihada eshitish qobiliyati zaif bolalarning odatiy hayotga moslashuvini osonlashtirish maqsadida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan eshitish qobiliyati zaif bolalarni zamonaviy eshitish moslamalari bilan ta’minlash tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari quyidagilar ko‘zda tutilmoqda:

  • ijtimoiy himoya sohasida yagona davlat siyosatini olib borish bo‘yicha davlat organini belgilash;
  • ijtimoiy sug‘urta tizimini yaratish, jumladan ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish;
  • kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam va xizmatlarni ijtimoiy shartnoma asosida taqdim etish;
  • «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha alohida ma’lumotlar bazasini yaratish, jumladan «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ni «Ijtimoiy himoya yagona reyestr» bilan birlashtirish;