«talabalar» tegli maqolalar


Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi
27 sentabr 2021, 10:25

Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi

Ijarada yashayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjetidan qoplab berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, OTMning faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan talablarga ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish o‘quv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi.

1-kurs talabalariga 6−13 sentyabr kunlari dastlabki tanishtiruv haftaligi o‘tkaziladi
5 sentabr 2021, 13:33

1-kurs talabalariga 6−13 sentyabr kunlari dastlabki tanishtiruv haftaligi o‘tkaziladi

1-kursga qabul qilingan talabalar uchun 6 sentyabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi, 13 sentyabrdan e’tiboran o‘quv rejaga muvofiq dars mashg‘ulotlari boshlanadi.

Talabalar O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalarida amaliyot o‘taydi
3 sentabr 2021, 12:57

Talabalar O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalarida amaliyot o‘taydi

Xalqaro munosabatlar yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalarida amaliyot o‘taydi. Hukumat qarori bilan amaliyot muddati, saralab olish bosqichlari va tartibi belgilab berildi.

Talabalarga 14 foizlik ta’lim krediti ajratiladi
30 iyul 2021, 18:14 4

Talabalarga 14 foizlik ta’lim krediti ajratiladi

Prezident qarori bilan bakalavr va magistrlarga Markaziy bankning asosiy stavkasida ta’lim krediti ajratiladi. MBning asosiy stavkasi pasaytirilsa ta’lim krediti foizi ham kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi. Kredit olish uchun talabalarning oila a’zolari kafil bo‘lishiga ruxsat beriladi.

Fanlardan o‘z vaqtida baho olmagan talabalar uchinchi semestr uchun qo‘shimcha mablag‘ to‘laydi
1 fevral 2021, 15:21

Fanlardan o‘z vaqtida baho olmagan talabalar uchinchi semestr uchun qo‘shimcha mablag‘ to‘laydi

Oliy ta’lim vazirligi o‘qish davomida fanlardan o‘z vaqtida baho olmagan talabalar uchun uchinchi semestr tashkil etilishini ma’lum qildi. Yozda bo‘lib o‘tadigan ushbu semestrda qatnashadigan talabalar qo‘shimcha mablag‘ to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev talabalar uylarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi
28 yanvar 2021, 11:43

Shavkat Mirziyoyev talabalar uylarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekistondagi 129 ta OTMda 500 ming nafar talaba tahsil oladi, lekin ular yetarlicha yotoqxonalar bilan ta’minlanmagan. Toshkentda 13 foiz talabalar yashash joyi bilan qamrab olingan. Shavkat Mirziyoyev talabalar turar joylari sonini ko‘paytirishni buyurdi. «Bitta xonada 4 kishi bo‘lsin, platskartaga o‘xshab», — dedi u.

Talabalar 28 dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi
15 dekabr 2020, 18:15

Talabalar 28 dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari uchun 2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 10 yanvargacha qishki ta’til etib belgilandi.

AQSHda 2019−2020 yillar mobaynida 546 o‘zbekistonlik talabalar tahsil olgan
19 noyabr 2020, 10:39

AQSHda 2019−2020 yillar mobaynida 546 o‘zbekistonlik talabalar tahsil olgan

2019−2020 o‘quv yilida AQSHdagi o‘zbekistonlik talabalar soni 546 nafarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 4,4 foizga kamroq.

Tibbiyot OTMlariga an’anaviy ta’limga o‘tishga ruxsat berildi
2 oktabr 2020, 16:52

Tibbiyot OTMlariga an’anaviy ta’limga o‘tishga ruxsat berildi

Koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlariga talab yuqoriligini inobatga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonlarini qisman an’anaviy shaklga o‘tkazishga ruxsat berildi.

Rossiyada chet ellik talabalarning ish bilan ta’minlanishi soddalashtirildi
6 avgust 2020, 12:11

Rossiyada chet ellik talabalarning ish bilan ta’minlanishi soddalashtirildi

Rossiyadagi chet ellik talabalarga bo‘sh vaqtlarida maxsus ruxsat va patentsiz ishlashga ruxsat berildi. Ishga joylashish uchun ular faqat o‘quv yurtidan ma’lumotnoma taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

200 ga yaqin talabalar Rossiyadan olib kelindi
22 iyul 2020, 11:32

200 ga yaqin talabalar Rossiyadan olib kelindi

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, Rossiyaning Novosibirsk shahridan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelindi.

AQSH ayrim chet ellik talabalariga viza cheklovlarini joriy etdi
7 iyul 2020, 13:29

AQSH ayrim chet ellik talabalariga viza cheklovlarini joriy etdi

AQSH hukumati 2020 yil kuzgi semestrda to‘liq onlayn bo‘lgan o‘quv muassasalari va dasturlarga qabul qilingan F-1 va M-1 vizasiga nomzod talabalarga viza berishni vaqtinchalik to‘xtatdi. Hozirda AQSHda bunday dasturlarda ta’lim olayotgan talabalar mamlakatni tark etishlari yoki qonuniy maqomda qolish uchun yuzma-yuz o‘qitiladigan o‘quv muassasasiga o‘tish kabi boshqa choralarni ko‘rishlari kerak bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting