Oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari uchun 2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 10 yanvargacha qishki ta’til etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

2021 yil 11 yanvar — o‘qishning birinchi kuni bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari 16 noyabrdan an’anaviy shakldagi o‘quv jarayoniga qaytishgan edi.