O‘zLiDeP fraksiyasida Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, parlament palatalariga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolatini berish, quyi palata spikeri o‘rinbosarlarini 7 tadan 2 tagacha qisqartirish kutilmoqda.
Senat qo‘mitasida jinoiy va ma’muriy kodekslarga davlatning dunyoviy maqomini mustahkamlovchi qo‘shimchalar kiritish masalasi muhokama qilindi. Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda diniy blogerlarning faqat diniy qarashlarini aks ettiruvchi va adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan chiqishlari ko‘paygan.
Senatorlar summa bir savdo shartnomasi bo‘yicha yetkazib beriladigan mahsulot qiymatining 5% idan oshmasa, eksportyorlarga aktivlar repatriatsiyasi ta’minlanmagani uchun jarima solinmasligi bo‘yicha o‘zgarishlarni ma’qulladi. Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari limit tanlovi va nega uni oshirib bo‘lmasligini tushuntirdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda avtomobil ijarasi yoki lizing bo‘yicha firibgarlik holatlari ko‘paydi. Senatorlar ijaraga olingan obyektni mulk qilib oladigan ijarachilar huquqini himoya qilishga qaratilgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi. Lizingga oluvchining roziligisiz obyektni tasarruf etish ham taqiqlanmoqda.
Senatorlar “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunni rad etdi. Bunga hujjatdagi ayrim normalarning tadbirkorlik faoliyati erkinligi va daxlsizligiga oid kafolatlariga zidligi, korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi va boshqa kamchiliklar sabab bo‘ldi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra appelyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartiriladi, sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmagan 400 ga yaqin liftdan hamon foydalanib kelinmoqda. Bu haqda Senat yalpi majlisida ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda chuchuk suvning qariyb 90 foizi qishloq xo‘jaligida foydalanilib, har gektarga suv sarfi texnologik ilg‘or davlatlarga nisbatan 2−2,5 barobar ko‘p. Bu haqda Senati Kengashining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.
Tashqi ishlar vazirligi sobiq Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi binosiga ko‘chdi. TIV binosida esa yangi tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi joylashadi.
Senatning navbatdagi yalpi majlisida muzeylar va ularda saqlanayotgan ashyolar holati bo‘yicha muhokama o‘tkazildi. Tegishli qarorlar bilan belgilangan bo‘lsa-da ayrim muzeylarda hamon ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagani tanqid qilindi. Davlat adabiyot muzeyidagi noyob ashyolar xavf ostida qolgani aytildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi uzunligi 2 356 kilometrdan ortiq chegarani demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Senat radiochastota spektridan foydalanuvchilarga o‘zlariga biriktirilgan radiochastota spektridan boshqa foydalanuvchilar bilan birgalikda foydalanish huquqini beruvchi qonunni ma’qulladi.
Qonunchilikka narkologik kasallikka chalingan shaxsni majburiy davolash zaruriyatini aniqlash bilan bog‘liq barcha klinik tekshiruvlar narkologiya dispanserining o‘zida, zarur hollarda esa tegishli mutaxassislar mavjud bo‘lgan boshqa tibbiyot muassasalarida ham o‘tkazilishi haqidagi norma kiritilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘llaniladigan jarimaning miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori bo‘lishi mumkin emasligi haqida norma kiritilmoqda. “150 ming so‘m qarzni to‘lamaganlik uchun 300 ming so‘m jarima solish — bu adolatdan emas”, — dedi Senat raisi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy organlari sudlarga murojaat qilinganda davlat bojidan ozod qilinadi.
Senatda suv resurslaridan foydalanishda maqsadsiz va o‘ylovsiz ishlatilishi masalasi ko‘rib chiqildi. Senatorlar ushbu muammoga qarshi kurashish maqsadida chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar bildirdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazuvchi vakolatli organ sifatida belgilanadi.
Senat galdagi yalpi majlisda normativ-huquqiy hujjatlar va loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risidagi qonunni, O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bitimini va Pokiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik bitimini ratifikatsiya qilish va boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqadi.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov valyuta kursining barqarorligi va depozit stavkalarining jozibadorligi oshib borayotgani aholini xorijiy valyutadagi omonatlardan pullarini olib, so‘mga o‘tkazishga undayotganini aytdi. Aholining qo‘lida deyarli 12 milliard dollar bor.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov Senat yalpi majlisida O‘zbekistonda 2022-yilda hisobraqam ochgan norezidentlar soni geosiyosiy vaziyatlar tufayli 60 mingtadan oshganini ma’lum qildi. Ular mamlakat banklaridagi hisoblariga 892 mln dollar ekvivalentida mablag‘ qo‘ygan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting