2021 yilda O‘zbekistonda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanadi. Barcha ta’lim muassasalarida shoir asarlarini uzluksiz o‘rganishni joriy etish rejalashtirilgan.
Davlat rahbarining 2020−2025 yillarda respublikada inklyuziv ta’limni rivojlantirish, boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni ochish va maktab-internatlarni optimallashtirishga oid qarori qabul qilindi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 million so‘mgacha mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi.
1 sentyabrdan boshlab O‘zbekistondan ruxsatnomasiz 100 mln so‘mgacha (9750$), deklaratsiyasiz esa 70 mln so‘mgacha (6800$) ekvivalentidagi naqd chet el valyutasini olib chiqish va mamlakatga olib kirish mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston 2025 yili yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan IV yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
Respublikada ro‘yxatdan o‘tkazmasdan import qilinadigan hamda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori-darmon, biologik qo‘shimchalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting